Bokuda O‘zbekiston tayekvodochilari o‘z rekordini takrorladi

© NOKTaekvondisti Uzbekistana dostoyno vistupili na ChM, povtoriv rekord po kolichestvu medaley
Taekvondisti Uzbekistana dostoyno vistupili na ChM, povtoriv rekord po kolichestvu medaley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2023
Obuna bo‘lish
Musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati yakuniga yetmoqda. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi dunyo birinchiliklarida qo‘lga kiritilgan medallar soni bo‘yicha rekordini takrorladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.
Ayollar o‘rtasida +73 kg vazn toifasida ketma-ket 2 bor jahon chempionatining finaliga yetib borgan Svetlana Osipova bu gal kumush medal bilan cheklandi. Shuningdek, Feruza Sodiqova -62 kg vazn toifasida qatorasiga ikkinchi bor bronza medali bilan taqdirlandi.
Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov ilk bor jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi. Rashitov -68 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.Kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligida debut qilgan Omonjon Otajonov -54 kg vazn toifasida shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Kumush medal:
+73 kg: Svetlana Osipova.
Bronza medal:
-62 kg: Feruza Sodiqova;
-54 kg: Omonjon Otajonov;
-68 kg: Ulug‘bek Rashitov.
Yangiliklar lentasi
0