Pekin Vashingtonning "qo‘ng‘iroqlariga javob bermayapti" — Pentagon

© AP Photo / Andy WongFlagi SShA i Kitaya
Flagi SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2023
Obuna bo‘lish
AQSh Xitoy bilan qurol nazorati bo‘yicha erishilgan yutuqlar haqida hisobot berishga tayyor emasligi ma’lum qilindi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Pekin qurollarni nazorat qilishga oid qo‘shma kelishuvni ishlab chiqish bo‘yicha Vashingtonning "qo‘ng‘iroqlariga javob bermayapti". Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Singapurdagi "Shangri-La dialogi" Mintaqaviy xavfsizlik forumidagi muhokamalar doirasida AQSh Xitoy bilan qurol nazorati bo‘yicha erishilgan yutuqlar haqida hisobot berishga tayyor emasligi ma’lum qilindi.

“Biz bu masalaga o‘ta jiddiy qaraymiz (qurol nazorati bo‘yicha – tahr). Qurol nazorati masalasida XXR bilan aniq aloqalarga kelsak, bu mavzuni muhokama qilish zarur. (Xitoy) telefonimizga javob berishi bilanoq, biz buni qilamiz”, deya kinoya bilan javob berdi Ostin.

Avvalroq OAV Pekin Vashingtonning AQSh mudofaa vazirlari Lloyd Ostin va Xitoy vakili Li Shanfu uchrashuvini 2018-yildan beri AQSh sanksiyalari ostida qolgan Singapurdagi forum maydonida o‘tkazish taklifini rad etgani haqida xabar bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0