O‘zbekistonda kim ko‘proq soliq to‘laydi? — TOP-10 ishlab chiqaruvchi

© Pexels / Mikhail NilovSoliq
Soliq - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi ishlab chiqaruvchilar 4 oy davomida davlatga 12,2 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘zbekistondagi ishlab chiqaruvchilar tomonidan shu yilning 4 oyi davomida davlatga 12 trl so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 74 638 ta yuridik shaxs tomonidan 12,2 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.
Shundan 5,7 trln so‘mi 20 ta soliq to‘lovchi (NKMK va OKMK AJdan tashqari) hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning tovar aylanmasi 44,3 trln so‘mdan ortiq, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 465,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Eng ko‘p soliq to‘lagan 10 ta korxona:
1.
“O‘zbekneftgaz” AJ – 1 510,7 mlrd so‘m;
2.
“UZBAT AO” AJ – 685,2 mlrd so‘m;
3.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ – 561,7 mlrd so‘m;
4.
“UZ-KOR GAS CHEMICAL” MChJ – 466,1 mlrd so‘m;
5.
“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ – 366,3 mlrd so‘m;
6.
“UZAUTO MOTORS” AJ – 305,1 mlrd so‘m;
7.
“Navoiyazot”AJ – 275,2 mlrd so‘m;
8.
“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJ – 250,1 mlrd so‘m;
9.
“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ – 195,2 mlrd so‘m;
10.
“UZBEKISTAN GTL” MChJ – 159,8 mlrd so‘m.
Ushbu soliq to‘lovchilar tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
QQS - 1,7 trln so‘m;
aksiz solig‘i - 1,1 trln so‘m;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq - 670,3 mlrd so‘m;
foyda solig‘i - 571,4 mlrd so‘m;
JShODS - 347 mlrd so‘m;
ijtimoiy soliq - 291,3 mlrd so‘m;
mol-mulk solig‘i - 271,3 mlrd so‘m;
yer solig‘i - 119,5 mlrd so‘m;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - 24,6 mlrd so‘m;
boshqa soliqlar - 546 mlrd so‘m.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni ishga olgan korxonalarga to‘langan ijtimoiy soliqni qoplab berish amaliyoti 2023-yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilgan.
Shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi tadbirkorlariga qator soliq imtiyozlari taqdim etiladi. Bu haqda Senatning qirq birinchi yalpi majlisida tegishli qonun ma’qullandi. Kiritilgan o‘zgartirishlarga 2028-yilgacha Qoraqalpog‘iston tadbirkorlari uchun daromad, aylanma, mulk va yer solig‘i 50%gacha kamaytiriladi.
Yangiliklar lentasi
0