https://oz.sputniknews.uz/20230603/ozbekiston-rossiya-yadro-tibbiyot-35656621.html
O‘zbekiston va Rossiya yadro tibbiyoti sohasida hamkorlikni kengaytirmoqchi
O‘zbekiston va Rossiya yadro tibbiyoti sohasida hamkorlikni kengaytirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya immunologiya, genetika, tibbiyot sanoatini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
2023-06-03T18:58+0500
2023-06-03T18:58+0500
2023-06-06T12:48+0500
jamiyat
o‘zbekiston
samarqand
rossiya
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/75/01/750158_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_b4dd65e2151709bdb64ae352760836df.jpg
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida sog‘liqni saqlash, jumladan, tibbiyot sanoati va yadro tibbiyoti sohasida hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.Bugun Samarqandda O‘zbekiston — Rossiya xalqaro sog‘liqni saqlash forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ishtirok etdi.U yadro tibbiyoti va ta’lim sohasida ham hamkorlik qilish rejalashtirilganini ta’kidladi.Bugungi kunda Rossiyada o‘zbekistonlik 3500 dan ortiq talaba tibbiy ta’lim olmoqda, dedi vazir. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda rossiyalik tibbiyot mutaxassislari o‘z bilimlarini o‘zbekistonlik hamkasblariga taklif etiladi.Radiofarmpreparat - bir yoki bir nechta radioaktiv izotoplarni (radionkulidlar) o‘z ichiga olgan foydalanishga tayyor shakldagi dorivor mahsulot. Ular asosan onkologiya, revmatologiya va endokrinologiyada keng qo‘llaniladi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Rossiya xalqaro sog‘liqni saqlash forumida bir qator memorandum va shartnomalar imzolandi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov hamkasbi Mixail Murashkoga "O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishonini topshirdi. Shuningdek, bir guruh rossiyalik hamkorlar ham "O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/75/01/750158_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_3b3c623d1326ba9e7c83547b17b6d676.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston rossiya yadro tibbiyot hamkorlik
o‘zbekiston rossiya yadro tibbiyot hamkorlik
O‘zbekiston va Rossiya yadro tibbiyoti sohasida hamkorlikni kengaytirmoqchi
18:58 03.06.2023 (yangilandi: 12:48 06.06.2023) O‘zbekiston va Rossiya immunologiya, genetika, tibbiyot sanoatini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida sog‘liqni saqlash, jumladan, tibbiyot sanoati va yadro tibbiyoti sohasida hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Bugun Samarqandda O‘zbekiston — Rossiya xalqaro sog‘liqni saqlash forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ishtirok etdi.
"Bugun biz yangi yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollarini ko‘rmoqdamiz. Bu immunologiya, genetika, tibbiyot sanoatini rivojlantirish masalalariga tegishli", - dedi Murashko jurnalistlarga.
U yadro tibbiyoti va ta’lim sohasida ham hamkorlik qilish rejalashtirilganini ta’kidladi.
Bugungi kunda Rossiyada o‘zbekistonlik 3500 dan ortiq talaba tibbiy ta’lim olmoqda, dedi vazir. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda rossiyalik tibbiyot mutaxassislari o‘z bilimlarini o‘zbekistonlik hamkasblariga taklif etiladi.
O‘zbekistonda Rossiyaning radiofarmpreparat mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda, deya qo‘shimcha qildi Sog‘liqni saqlash vaziri. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Rosatom" hozirda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish uchun joy tanlamoqda.
Radiofarmpreparat - bir yoki bir nechta radioaktiv izotoplarni (radionkulidlar) o‘z ichiga olgan foydalanishga tayyor shakldagi dorivor mahsulot. Ular asosan onkologiya, revmatologiya va endokrinologiyada keng qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Rossiya xalqaro sog‘liqni saqlash forumida bir qator memorandum va shartnomalar imzolandi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov hamkasbi Mixail Murashkoga "O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishonini topshirdi. Shuningdek, bir guruh rossiyalik hamkorlar ham "O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishoni
bilan taqdirlandi.