https://oz.sputniknews.uz/20230603/ozbekiston-mahalla-eko-hudud-35644332.html
Endi O‘zbekistondagi ayrim mahallalarga eko hudud maqomi beriladi
Endi O‘zbekistondagi ayrim mahallalarga eko hudud maqomi beriladi
Sputnik O‘zbekiston
2024 yil 1-martdan ekologik toza hudud rejimi joriy qilingan hududlardagi fuqarolar yig‘inlariga “ekomahalla”, “ekoqishloq” va “ekoovul” maqomi beriladi.
2023-06-03T10:23+0500
2023-06-03T10:23+0500
2023-06-03T10:23+0500
jamiyat
o‘zbekiston
mahalla
qishloq
yangi qaror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0d/34894986_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_63274db8c58abbde4f2a7da4d47288ff.jpg
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning ayrim hududlariga “ekomahalla”, “ekoqishloq” va “ekoovul” maqomi beriladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan PQ–171-sonli qarorda nazarda tutilgan.Hujjatga ko‘ra, 2024-yil 1-martdan ekologik toza hudud rejimi joriy qilingan hududlardagi fuqarolar yig‘inlariga “ekomahalla”, “ekoqishloq” va “ekoovul” maqomi beriladi.Qaror bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tuzilmasida Situatsion markaz tashkil etildi.2023 yil 1-iyulgacha “Toza hudud” davlat unitar korxonalari va obodonlashtirish boshqarmalariga tegishli qattiq maishiy chiqindi poligonlari Vazirlik tasarrufiga o‘tkaziladi.2025 yil 1-yanvargacha tibbiyot muassasalari, veterinariya va farmatsevtika sohasi tashkilotlarining chiqindilari bo‘yicha quyidagi tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi:2023 yil 1-iyuldan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun vujudga kelgan qarzdorlikni majburiy tartibda undirish uchun sudga da’vo arizalari sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan kiritiladi.2024 yil 1-yanvardan Bo‘stonliq va Zomin tumanlaridagi turistik-rekreatsion zonalarda ekologik toza hudud rejimi tatbiq etiladi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq hududlarning ekologik pasporti va reytingi joriy qilinishi ma’lum qilingan edi. Unga ko‘ra, 2024-yil yakunigacha hududlarni ekologik baholash bo‘yicha indikatorlar asosida eco-indicator.uz reytingi shakllantiriladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0d/34894986_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_c49bf8e4986be740cd87cd28e8d65248.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston “ekomahalla”, “ekoqishloq” “ekoovul” mahalla
o‘zbekiston “ekomahalla”, “ekoqishloq” “ekoovul” mahalla
Endi O‘zbekistondagi ayrim mahallalarga eko hudud maqomi beriladi
2024 yil 1-martdan ayrim hududlarga “ekomahalla”, “ekoqishloq” va “ekoovul” maqomi beriladi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning ayrim hududlariga “ekomahalla”, “ekoqishloq” va “ekoovul” maqomi beriladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan
PQ–171-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2024-yil 1-martdan ekologik toza hudud rejimi joriy qilingan hududlardagi fuqarolar yig‘inlariga “ekomahalla”, “ekoqishloq” va “ekoovul” maqomi beriladi.
Qaror bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tuzilmasida Situatsion markaz tashkil etildi.
2023 yil 1-iyulgacha “Toza hudud” davlat unitar korxonalari va obodonlashtirish boshqarmalariga tegishli qattiq maishiy chiqindi poligonlari Vazirlik tasarrufiga o‘tkaziladi.
2025 yil 1-yanvargacha tibbiyot muassasalari, veterinariya va farmatsevtika sohasi tashkilotlarining chiqindilari bo‘yicha quyidagi tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi:
chiqindilarni yig‘ish va saqlash soha tashkilotlari tomonidan;
ushbu chiqindilarni olib chiqib ketish va utilizatsiya qilish sanitar tozalash korxonalari tomonidan markazlashgan holda amalga oshiriladi.
2023 yil 1-iyuldan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun vujudga kelgan qarzdorlikni majburiy tartibda undirish uchun sudga da’vo arizalari sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan kiritiladi.
2024 yil 1-yanvardan Bo‘stonliq va Zomin tumanlaridagi turistik-rekreatsion zonalarda ekologik toza hudud rejimi tatbiq etiladi.
Vazirlik davlat organlari va tashkilotlarida qog‘ozdan foydalanishni keskin kamaytirish, ayrim yo‘nalishlarda faoliyatni to‘liq raqamlashtirish orqali qog‘ozdan to‘liq voz kechish bo‘yicha nazorat o‘rnatishga mas’ul etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hududlarning ekologik pasporti va reytingi joriy qilinishi ma’lum qilingan edi. Unga ko‘ra, 2024-yil yakunigacha hududlarni ekologik baholash bo‘yicha indikatorlar asosida eco-indicator.uz reytingi
shakllantiriladi.