Ekologik meyorlarga javob bermaydigan transportlarning Toshkentga kirishi cheklanadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2023
Obuna bo‘lish
Uchqaxramon, Erkin, Sharq, Bektemir yo‘l patrul maskanlarida tunu-kun ishlaydigan ekologik postlar tashkil etiladi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Belgilangan ekologik meyorlarga javob bermaydigan transport vositalarining Toshkentda harakatlanishi cheklanadi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan PQ-171-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, ekologik meyorlarga javob bermaydigan trasport vositalariga cheklovlar joriy etiladi. Poytaxtning 4 ta kirish yo‘l patrul maskanlarida doimiy ekologik postlar tashkil etiladi.
Tunu-kun ishlaydigan postlar:
Uchqaxramon;
Erkin;
Sharq;
Bektemir.
Shuningdek, Toshkentda “N-2” (yuk tashish quvvati – 3,5-12,0 tonna) va “N-3” (yuk tashish quvvati 12,0 tonna) toifasiga kiruvchi transport vositalarining harakati tartibga solinadi. Bunda o‘rnatilgan standartlarga javob bermaydigan transport vositalarini kichik avtomobil halqa yo‘li orqali harakatlanishi ta’minlanadi.
Yangiliklar lentasi
0