Xitoy O‘zbekistonning uchta viloyatida logistika markazlarini qurmoqchi — manzil

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF / Mediabankka o‘tishXitoy O‘zbekistonning uchta viloyatida logistika markazlarini qurmoqchi — manzil
Xitoy O‘zbekistonning uchta viloyatida logistika markazlarini qurmoqchi — manzil - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2023
Obuna bo‘lish
Xitoyning "Taitong International" kompaniyasi Andijon, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida logistika markazlarini barpo etishni reja qilmoqda.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Xitoyning "Taitong International" kompaniyasi O‘zbekistonning 3 ta viloyatida logistika markazlarini barpo etmoqchi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
Tranport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Xitoyning "Taitong International" kompaniyasi boshqaruvi raisi Chu Suan janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
© Ministerstvo transporta UzbekistanaZamministra transporta Jasurbek Choriyev vstretilsya s predsedatelem pravleniya kitayskoy kompanii Taitong International Chu Suanem
Zamministra transporta Jasurbek Choriyev vstretilsya s predsedatelem pravleniya kitayskoy kompanii Taitong International Chu Suanem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2023
Xorijiy kompaniya rahbari mamlakatning Andijon, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida logistika markazlarini barpo etish, shuningdek, transport logistika kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qaratilgan rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, tomonlar mamlakat transport sektoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, Xitoy bilan bog‘lovchi xalqaro transport yo‘laklari jozibadorligini oshirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan fikr almashdi.
Yangiliklar lentasi
0