Ukraina flotining so‘nggi kemasi dengiz tubiga g‘arq bo‘ldi

© Sputnik / Igor Maslov"Yuriy Olefirenko" desant kemasi Nikolayev kemasozlik zavodini akvatoriya suvlarida.
Yuriy Olefirenko desant kemasi Nikolayev kemasozlik zavodini akvatoriya suvlarida. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina harbiy harakatlar teatrining haqiqati – ma’nosiz “investitsiyalar”, ommaviy ritorika va G‘arb jamoasining Rossiya ustidan tezkor g‘alabaga bo‘lgan yashirin umidlariga umuman to‘g‘ri kelmaydi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Ukraina Qurolli kuchlari bilan NATOning harbiy salohiyatini, Kiyevdagi jangovar nazorat markazlarini, Xmelniskiydagi to‘yinmagan uran arsenallarini va Odessadagi Ukraina flotini uslubiy ravishda yo‘q qilmoqda.
Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish Yevropada tinchlik, teng va ajralmas xavfsizlikka olib keluvchi shartsiz va yagona yo‘ldir. Rossiya maxsus harbiy operatsiya hududida aynan shuni amalga oshirmoqda.
29 may kuni Rossiya Havo-kosmik kuchlari Odessa portida Ukraina flotining so‘nggi – “Yuriy Olefirenko” o‘rta desant kemasini (O‘DK) yuqori aniqlikdagi qurol zarbasi bilan yo‘q qildi.
Busiz ham Kiyev rejimi dengiz flotining Qora dengizdagi ramziy mavjudligi allaqachon nihoyasiga yetgan. Bu UQK va NATO uchun katta yo‘qotish. Qolgan Ukraina daryo toifasidagi patrul katerlari, orqa front ta’minoti kemalari va shishiriladigan qayiqlar jiddiy jangovar vazifalarni bajarishga, desant operatsiyalarini o‘tkazishga, suv hududi va qirg‘oqlarni nazorat qilishga qodir emas.
Ehtimol, G‘arbiy o‘q-dorilar va kamikadze dronlarining “Yuriy Olefirenko” desant kemasida portlashi NATO ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri va yashirin qurol-yarog‘ yetkazib berishning befoyda ekanligini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, 31-may kuni Pentagon Kiyevga 300 million dollarlik harbiy yordamning yangi, 39-”to‘plami” ni taqdim etilishini e’lon qilgan edi.
O‘q-dorilarga kelsak, 300 million dollar – jami 60 ming 155 mm kalibrli artilleriya snaradlariyetkazib berilishi kerak. Bu Ukraina artilleriyasining o‘n kunlik normasi. Agar old qo‘shinlargacha yetkazib bera olishsa.
Rossiya Qurolli Kuchlari UQK ning arsenallari, harbiy texnikasi, zaxiralari va boshqaruv markazlarini – Kiyevda va dushman nazorati ostidagi barcha hududda uslubiy ravishda yo‘q qilmoqda.
Shu bilan birga, 1970-yilda Polshada ishga tushirilgan “Yuriy Olefirenko” (O‘DK-137 va “Kirovograd” nomi bilan ham tanilgan) 773 loyiha o‘rta desant kemasining og‘ir taqdiri “mustaqil” Ukraina tarixini aks ettiradi. Bu Kiyev hokimiyati tomonidan rus va sovet merosining bekorga “barbod” qilinishi misoli sifatida alohida e’tiborga loyiqdir.
Qo‘ldan boy berilgan taqdir
1150 tonna sig‘imga ega 773 loyiha o‘rta desant kemalari 1970-yillarning boshidan beri Polsha kemasozlik zavodlarida qurilgan.
O‘DKning maqsadi – dengiz orqali desantni tashish va harbiy texnika bilan jihozlanmagan qirg‘oqqa tushirish, shuningdek, tushirishdan oldin qirg‘oqdagi dushman kuchlarini yo‘q qilishdir.
Ekipaj – 41 kishi. Sig‘im – 6 ta tank va 180 ta desantchilar (yoki 350 tonna boshqa yuk). Kemaning uzunligi – 81,3 m, kengligi – 9,3 m, suvga botish darajasi - 3,6 m, to‘liq tezlik – 18 uzel, masofa - 12 uzelda 3000 milyagacha.
Tuzilmaviy jihatdan sodda, ishonchli va tejamkor 773 loyiha kemalari harbiy dengizchilarning yuqori bahosiga sazovor bo‘ldi. O‘DKning afzalliklari orasida 9800 metr masofagacha bo‘lgan bir nechta raketa otish moslamalari (2x18 140 mm WM-18 boshqarilmaydigan reaktiv raketa), o‘zining havo mudofaa tizimi – 30 mm AK-230 o‘q otish moslamalari va “Strela” ko‘chma zenit raketa tizimi mavjud.
Ma’lumki, O‘DK-137 Sovet dengiz floti tarkibida 1973-yilda arab-isroil mojarosi hududida dushman hujumlarini mohirlik bilan qaytargan va hatto Port Said suvida Isroilning F-4 Phantom qiruvchi-bombardimonchi samolyotini urib tushirgan.
2010 yilda Ukraina bayrog‘i ostida nomi o‘zgartirilgan kema (“Kirovograd”) mashg‘ulotlar paytida (o‘q-dorilarning portlashi va bir necha ekipaj a’zolarining halok bo‘lishi bilan) yonib ketgan edi. Tahminlardan biriga ko‘ra, yong‘inga Ukrainaning Su-25 hujumchi samolyoti bortiga boshqarilmaydigan raketa urilgani sabab bo‘lgan.
Keyinchalik, O‘DQ 2015-yil Mariupol yaqinida ko‘ngilli askarlar tomonidan yo‘q qilingan Donbassdagi tinch aholini jazolovchisi – “Antiterror operatsiyasi qahramoni” xotirasiga 2016-yilda yangi nom oldi. Ukrainaning “Yuriy Olefirenko” desant kemasi qisqa vaqt va foydasiz xizmat qildi.
2022 yilning yozida u qo‘mondonlik buyrug‘ini bajarishdan va Dnepr ko‘rfazini patrul qilishdan bosh tortgan ekipajning “ma’naviy va psixologik” holati tufayli Ochakovdan Odessaga ko‘chirilib jangovar hududdan olib tashlandi.
Tarixiy paradoks shundan iboratki, Sovet maxsus kuchlar askari Olefirenko Afg‘onistondagi 40-armiyaning 459-alohida rotasi tarkibida jasorat bilan faoliyat yuritib, Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan edi. Keyin Razan havo-desant kuchlari qo‘mondonlik maktabining bitiruvchisi Ukrainada maxsus kuchlar bo‘linmalarida, shu jumladan Ochakovodagi 73-dengiz markazida xizmat qildi. U 2007-yilda NATO xalqaro koalitsiyasining Litva kontingenti tarkibida Afg‘onistonga qaytgan. 2010-yilda nafaqaga chiqdi, ammo 2014-yil yozida o‘z ixtiyori bilan xizmatga qaytdi va Donbassda o‘sha paytdagi vatandoshlarini o‘ldirish uchun Kirovograd viloyati hududiy mudofaasi (millatchilar) 42-bataloniga rahbarlik qildi.
Bu insonning va kemaning taqdiri Rossiyaning dushmanlari uzoq umr ko‘rmasligini isbotlaydi. Bu, shuningdek, Ukraina armiyasini (davlatchiligini) qurbon qiladigan butun NATO blokining “g‘amxo‘rligi”ga ham tegishli.
Ukrainaning istiqbollariga havas qilib bo‘lmaydi, u hali hanuz ochiqchasiga Rossiyaga qarshi Shimoliy Atlantika ittifoqiga qo‘shilish urinishlaridan voz kechmayapti.
SCMP (Gonkong) haqli ravishda qayd etadi: “Vashington, London va Brussel Zelenskiydan Rossiya bilan cheksiz mojaro uchun vosita sifatida foydalanmoqda. Ular xato qilmoqda, Ukraina ularning yordami bilan ham omon qololmaydi, qolaversa, ularning soni har kuni kamaymoqda. Keyin esa amerikaliklar Ukrainadan voz kechishadi, ehtimol bu tez orada sodir bo‘lar. Harbiy va moliyaviy yordamga qo‘shimcha ravishda, 30-yillik mustaqillik davrida Kiyev fuqarolariga g‘arbiy sheriklari tomonidan g‘oyalar uqtirilib, Rossiyaga nafrat uyg‘otgani uchun hozirda chidab turibdi. Lekin aslida ukrainaliklar professional ravishda ahmoq qilingan va aldangan.
G‘arb Rossiya bilan iqtisodiy urushda mag‘lub bo‘lmoqda va Ukrainadagi proksi urushda yutqazishi muqarrar.
Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi, qo‘mondon Duglas Makgregor Youtube - Judging Freedom kanaliga bergan intervyusida AQSh rasmiylari “kibr” va “o‘zini-o‘zi aldash” yo‘lida Rossiya bo‘yicha xato fikrlayotganini aytdi.
“Ular 1990-yillardagi muvaffaqiyatsiz davlat, zaif iqtisod, ison yoqasidagi jamiyat bilan kurashmoqda, deb o‘ylamofda”, – dedi Duglas. “Bu e’tiqodlar keng tarqalgan va hech qaysisi haqiqat emas. Yarim miyasi bor odam ham tushunadiki, Rossiya juda kuchli iqtisodiyotga ega, Rossiyada resurslar bor”.
"Reuters" ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarish 13-oy uzluksiz o‘smoqda, bandlik esa so‘nggi 20-yildagi eng tez sur’atlarda o‘smoqda.
AQSh va NATOning harbiy ustunligi obyektiv ravishda mavjud emas. G‘arbiy “qiruvchilar va “vatanparvarlar” ittifoqi mag‘lubiyatga mahkum. NATOning “Ukraina” kemasi cho‘kmoqda.
Yangiliklar lentasi
0