https://oz.sputniknews.uz/20230602/talabalar-kontrakt-tolash-muddati-35625765.html
Ayrim talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ayrim talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ayrim talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati 10-iyungacha uzaytirildi. Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:
2023-06-02T16:22+0500
2023-06-02T16:22+0500
2023-06-02T17:05+0500
jamiyat
talabalar
kontrakt
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/1e/33363844_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_f58bbc652e95bc4b9d7135974da51d34.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati 10-iyungacha uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar qildi.Ma’lum qilinishicha, Davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda OTM rektorlari murojaatlarini inobatga olgan holda ayrim toifadagi talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 10-iyun (shu kuni ham) etib belgilandi.Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:Shuningdek, kollej va texnikumlarga o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich o‘quvchilari) uchun ham muddat 10-iyunga qadar uzaytirildi (2023 yil 15-martdan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadi).Ma’lumot uchun, yuqori bosqich (2- va undan yuqori kurs) talabalari uchun kontrakt to‘lash muddatini uzaytirish OTM rektor (direktor)larining vakolatiga berilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/1e/33363844_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_9ae250cf5da916b7c2c4befa9841f7ef.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
talabalar kontrakt to‘lash muddati o‘zbekiston
talabalar kontrakt to‘lash muddati o‘zbekiston
Ayrim talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
16:22 02.06.2023 (yangilandi: 17:05 02.06.2023) 10 iyungacha uzaytirilgan muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan ayrim talabalarga taalluqli.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati 10-iyungacha uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda OTM rektorlari murojaatlarini inobatga olgan holda ayrim toifadagi talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 10-iyun (shu kuni ham) etib belgilandi.
Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:
to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
o‘qishi qayta tiklangan talabalar uchun.
Shuningdek, kollej va texnikumlarga o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich o‘quvchilari) uchun ham muddat 10-iyunga qadar uzaytirildi (2023 yil 15-martdan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadi).
Ma’lumot uchun, yuqori bosqich (2- va undan yuqori kurs) talabalari uchun kontrakt to‘lash muddatini uzaytirish OTM rektor (direktor)larining vakolatiga berilgan.