Taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati: o‘zbekistonlik sportchi vitse chempion bo‘ldi

© Press-slujba NOK UzbekistanaTaekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati: o‘zbekistonlik sportchi vitse chempion bo‘ldi
Taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati: o‘zbekistonlik sportchi vitse chempion bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2023
Obuna bo‘lish
Svetlana Osipova ketma-ket ikki marotaba jahon chempionati finaliga yo‘l olgan o‘zbek qizi hisoblanadi. Ushbu natija orqali u Parij-2024 Olimpiadasidagi o‘rnini mustahkamlab olmoqda.
TOShKENT, 2-iyun –Sputnik. O‘zbekistonlik sportchi Svetlana Osipova Bokuda bo‘lib o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatida +73 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Yoshlar siyosati va sport vazirligi.
Sportchi britaniyalik Banka Kukni mag‘lub etib, finalga yo‘l olgan edi. Turkiyalik sportchi bilan kechgan bahsda u imkoniyatni boy berdi. Hisob 1:2.
Svetlana Osipova ketma-ket ikki marotaba jahon chempionati finaliga yo‘l olgan o‘zbek qizi hisoblanadi. Ushbu natija orqali u jahon va Parij-2024 Olimpiadasidagi o‘rnini mustahkamlab olmoqda.
Eslatib o‘tamiz, taekvando WT bo‘yicha jahon chempionati 29-may kuni start olgan va 4-iyungacha davom etadi. Turnirda 144 mamlakatdan 949 nafar sportchilar qatnashmoqda. O‘zbekistonlik sportchilar orasida ilk medalni Ulug‘bek Rashitov qo‘lga kiritdi. U JChda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0