Qozog‘iston O‘zbekistonga gaz tranzitidan manfaatdor — Satkaliyev
Qozog‘iston O‘zbekistonga gaz tranzitidan manfaatdor — Satkaliyev
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berishdan ham daromad oladi, ham bu hududda energetika ta’minoti yaxshilaydi. 02.06.2023, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Qozog‘iston kelgusi yilning kuz-qishi mavsumiga qadar Rossiyadan O‘zbekistonga gaz tranziti uchun infratuzilmani taqdim etishga tayyor, dedi qo‘shni respublika energetika vaziri Almasadam Satkaliyev. Bu haqida Sputnik Qozog‘iston xabar bermoqda. Hozir Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida gaz hajmi va narxi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, dedi boshqarma boshlig‘i.
Qozog‘iston Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berishdan ham daromad oladi, ham bu hududda energetika ta’minoti yaxshilaydi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Qozog‘iston kelgusi yilning kuz-qishi mavsumiga qadar Rossiyadan O‘zbekistonga gaz tranziti uchun infratuzilmani taqdim etishga tayyor, dedi qo‘shni respublika energetika vaziri Almasadam Satkaliyev. Bu haqida Sputnik Qozog‘iston xabar bermoqda.
“Qozog‘iston ushbu tranzitdan va tranzitdan mablag‘ olish, umuman, Markaziy Osiyo mintaqasida energiya ta’minoti ishonchliligini oshirish nuqtayi nazaridan manfaatdor”, — dedi Qozog‘iston energetika vaziri Satkaliyev.
Hozir Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida gaz hajmi va narxi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, dedi boshqarma boshlig‘i.
Uch tomonlama "gaz ittifoqi" loyihasi
2022 yilning noyabr oyida Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekistonga Rossiya gazini ushbu davlatlar orqali tashishni nazarda tutuvchi “uch tomonlama gaz ittifoqi” tuzishni taklif qilgan edi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Energetika vaziri boshqa davlatlardan gaz sotib olish hech qanday ittifoq tuzmasdan, “oldi-sotdi” shartnomasi orqali amalga oshirilishini ma’lum qilgan edi.
2023 yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi va "Gazprom" kompaniyasi o‘rtasida gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolangan edi. Unga muvofiq tomonlar o‘rtasida tuzilgan ishchi guruh Qozog‘iston va O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi “O‘rta Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali gaz tranzitini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan texnik chora-tadbirlarni o‘rganadi.
Alohida ta’kidlash joizki, Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha ushbu shartnoma O‘zbekistonga gaz yetkazib berish bo‘yicha eng tezkor va kam xarajatli usul hisoblanadi, chunki uni amalga oshirish uchun sobiq SSSR davrida qurilgan va ayni damda foydalanilmayotgan “O‘rta Osiyo – Markaz” gaz quvuri trubalaridan biridan revers usulida foydalanish nazarda tutadi.