Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari beriladi

© Pexels / Mikhail NilovNalogi
Nalogi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2023
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanmoqda.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Qoraqalpog‘istondagi tadbirkorlariga qator soliq imtiyozlari taqdim etiladi. Senatning qirq birinchi yalpi majlisida tegishli qonun ma’qullandi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Soliq kodeksiga ayrim o‘zgartishlar kiritilishi belgilanmoqda.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga 2028-yilgacha Qoraqalpog‘iston tadbirkorlari uchun daromad, aylanma, mulk va yer solig‘i 50%gacha kamaytiriladi.
Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanmoqda.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliq esa shaharlar hududida faoliyatni amalga oshirayotgan shaxslar uchun 12 baravarga, tumanlar darajasida 6 baravarga kamaytirilmoqda.
Shuningdek, senatorlar “Davlat boji to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarni ham ma’qulladilar.
Unga ko‘ra, 2027-yil 1-oktabrgacha Qoraqalpog‘istonning nodavlat ta’lim tashkilotlari chet ellik o‘qituvchilarni jalb qilish uchun konsullik yig‘imlari va davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.
Qayd etilishicha, qonun Qoraqalpog‘iston Respublikasining investitsiyalar jalb etuvchanligini oshirishga, tadbirkorlikni rivojlantirishga, yangi ish o‘rinlarini yaratishga, nodavlat ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0