https://oz.sputniknews.uz/20230602/ozbekiston-va-rossiya-temiryolchilari-tibbiyotda-hamkorlik-35628045.html
O‘zbekiston va Rossiya temiryo‘lchilari tibbiyot sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston va Rossiya temiryo‘lchilari tibbiyot sohasida hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘TY va RJD temiryo‘lchilarga va aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
2023-06-02T18:10+0500
2023-06-02T18:10+0500
2023-06-02T18:27+0500
o‘zbekiston - rossiya
hamkorlik
temir yo‘l
o‘zbekiston temir yo‘llari
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/02/35628289_0:17:1021:591_1920x0_80_0_0_1863a195de2fcec903feb975f1f5dbf9.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (O‘TY) va “Rossiya temir yo‘llari” OAJ (RJD) tibbiyot xodimlari o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar, deb xabar qilmoqda O‘TY matbuot xizmati. RJD Sog‘liqni saqlash markaziy direksiyasi rahbari E.Jidkova boshchiligidagi delegatsiya “O‘zbekiston temir yo‘llari” Sog‘liqni saqlash xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishish va hamkorlik qilish maqsadida O‘TY Markaziy klinik kasalxonasiga tashrif buyurdi.Delegatsiya a’zolari shifoxonaning diagnostika, otoloringologiya, kardiologiya, oftalmologiya va jarrohlik bo‘limlari hamda temiryo‘lchilar va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam, zamonaviy tibbiy apparatlar, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.Davolash-profilaktika muassasalarida olib borilayotgan mashinistlar uchun o‘tkaziladigan reysdan oldingi va keyingi tibbiy ko‘riklar, profilaktika, tashxislash va davolashning yangi konservativ va operativ texnologiyalari, zamonaviy diagnostika hamda dispanserizasiya ishlari haqida fikrlarini bildirishdi. O‘z navbatida, Jidkova o‘zbekistonlik hamkasblariga RJD Sog‘liqni saqlash markaziy direksiyasi faoliyati to‘g‘risida gapirib berdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/02/35628289_57:0:964:680_1920x0_80_0_0_d75e88b3ed28136f842d1445addceba1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘ty rjd temiryo‘lchilar aholi sifatli tibbiy yordam hamkorlik kelishuv rossiya o‘zbekiston
o‘ty rjd temiryo‘lchilar aholi sifatli tibbiy yordam hamkorlik kelishuv rossiya o‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya temiryo‘lchilari tibbiyot sohasida hamkorlik qiladi
18:10 02.06.2023 (yangilandi: 18:27 02.06.2023) O‘TY va RJD temiryo‘lchilarga va aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (O‘TY) va “Rossiya temir yo‘llari” OAJ (RJD) tibbiyot xodimlari o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar, deb xabar qilmoqda O‘TY matbuot xizmati.
"Hamkorlik, xususan, temiryo‘lchilar va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, shifokorlar malakasini oshirish, ular bilan o‘zaro tajriba almashish hamda teletibbiyot kai sohalarni qamrab oladi", - deyiladi xabarda.
RJD Sog‘liqni saqlash markaziy direksiyasi rahbari E.Jidkova boshchiligidagi delegatsiya “O‘zbekiston temir yo‘llari” Sog‘liqni saqlash xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishish va hamkorlik qilish maqsadida O‘TY Markaziy klinik kasalxonasiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolari shifoxonaning diagnostika, otoloringologiya, kardiologiya, oftalmologiya va jarrohlik bo‘limlari hamda temiryo‘lchilar va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam, zamonaviy tibbiy apparatlar, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Davolash-profilaktika muassasalarida olib borilayotgan mashinistlar uchun o‘tkaziladigan reysdan oldingi va keyingi tibbiy ko‘riklar, profilaktika, tashxislash va davolashning yangi konservativ va operativ texnologiyalari, zamonaviy diagnostika hamda dispanserizasiya ishlari haqida fikrlarini bildirishdi. O‘z navbatida, Jidkova o‘zbekistonlik hamkasblariga RJD Sog‘liqni saqlash markaziy direksiyasi faoliyati to‘g‘risida gapirib berdi.