https://oz.sputniknews.uz/20230602/ozbekiston-eko-taksi-buxoro-35620292.html
O‘zbekistonda ilk marta eko-taksilar xizmati yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda ilk marta eko-taksilar xizmati yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
Buxoroga yo‘nalishsiz taksi xizmatini ko‘rsatuvchi 30 ta elektromobil olib kelindi. Yaqin orada ularning soni yana oshiriladi.
2023-06-02T14:47+0500
2023-06-02T14:47+0500
2023-06-02T14:47+0500
jamiyat
o‘zbekiston
buxoro
taksi
elektromobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/02/35621461_55:4:1189:642_1920x0_80_0_0_c5e0dd5288680a2639ce77f07c116d6f.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda ilk marta elektromobillar yo‘nalishsiz taksi xizmatini ko‘rsatadi, deya xabar berdi Transport vazirligi.Qayd etilishicha, “White House Bukhara” MChJ korxonasi Buxoroga 30 ta elektromobil olib kelgan.Eko-taksilar to‘la quvvat bilan 500 km dan ortiq masofani bosib o‘tadi. Yaqin orada tashuvchi parkiga yana 20 ta elektromobil kelib qo‘shiladi.Ma’lumot uchun, prezidentning PQ-443-son qaroriga muvofiq, elektromobillar va gibrid avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvarga qadar litsenziya varaqalari berilganligi uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston shu yilning yanvar-aprel oylarida 9 ta xorijiy davlatdan 2 544 dona elektromobil import qilgan. Ularning narxi 81,3 mln dollarga teng. Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1815 taga oshgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/02/35621461_192:147:1133:853_1920x0_80_0_0_9179764b2582342792170dffda86c720.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston buxoro eko-taksi yo‘nalishsiz taksi xizmati elektromobil
o‘zbekiston buxoro eko-taksi yo‘nalishsiz taksi xizmati elektromobil
O‘zbekistonda ilk marta eko-taksilar xizmati yo‘lga qo‘yiladi
Buxoroga yo‘nalishsiz taksi xizmatini ko‘rsatuvchi 30 ta elektromobil olib kelindi. Yaqin orada ularning soni yana oshiriladi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda ilk marta elektromobillar yo‘nalishsiz taksi xizmatini ko‘rsatadi, deya xabar berdi
Transport vazirligi. Qayd etilishicha, “White House Bukhara” MChJ korxonasi Buxoroga 30 ta elektromobil olib kelgan.
Eko-taksilar to‘la quvvat bilan 500 km dan ortiq masofani bosib o‘tadi. Yaqin orada tashuvchi parkiga yana 20 ta elektromobil kelib qo‘shiladi.
Ma’lumot uchun, prezidentning PQ-443-son qaroriga muvofiq, elektromobillar va gibrid avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvarga qadar litsenziya varaqalari berilganligi uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston shu yilning yanvar-aprel oylarida 9 ta xorijiy davlatdan 2 544 dona elektromobil import qilgan. Ularning narxi 81,3 mln dollarga teng. Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1815
taga oshgan.