Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Zaxar Prilepin unga hujum qilganlardan qanday qasos olishini aytdi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishZaxar Prilepin - yozuvchi
Zaxar Prilepin - yozuvchi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2023
Obuna bo‘lish
Noma’lum shaxslar 6-may kuni Zaxar Prilepinning mashinasini portlatib yubordi. Haydovchi halok bo‘ldi, yozuvchi og‘ir yaralandi.
Rossiya gvardiyasi ofitseri Zaxar Prilepin Sputnik Blijnee Zarubejye savollariga javob berdi.
Siz bilan Vladlen Tatarskiyga qarshi terrorchilik harakati sodir etganlarga nisbatan nimalar his qilmoqdasiz? Sizningcha, ular va ularning buyurtmachilari qanday jazoga loyiq?
— Meni qasos turlari qiziqtirmaydi. Men Rossiyaning Kiyev shahrida, Kreshatikda omon qolgan askar birodarlarim bilan birga o‘tirib, Kreshatikga yetib kela olmaganlar xotirasini yod etmoqchiman. Jazo haqida aytishim mumkin bo‘lgan bor gap shu.
Dunyo aqldan ozganlar va manfaatparastlar bilan to‘la ekanligi, “siyosiy ukrainchilik” – nasroniylikka qarshi loyiha ekanligi va qurbonlikni talab qilishi boshidanoq ma’lum edi.
Dunyo yovuzlikdan tashkil topgan – biz buni bilamizmi? Bilamiz. Masih avlodi sulh tuzish emas, balki g‘alaba qozonishi shart. Shu nuqtayi nazardan, allaqachon do‘zaxda bo‘lgan bu zaif odamlarning ismlarini eslashning nima keragi bor?
— Bir qator og‘ir jinoyatlar, jumladan, terrorchilik harakatlari uchun o‘lim jazosini qaytarish g‘oyasiga qanday qaraysiz?
- Urush bor. Urushda Masihning dushmanlari bilan kurashish joizdir. Muqaddas Otalar bu haqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirishgan. Muqaddas Kitobda yozilishicha, otani haqorat qilish uchun o‘lim jazosi beriladi. Siyosiy Kiyev Muqaddas Otani haqorat qilishdan ko‘ra kattaroq gunoh qildi – u Vatan g‘oyasiga xiyonat qildi, ya’ni bir vaqtning o‘zida barcha otalarga qasd qildi. U Muqaddas Ota va Vatani bergan nomni rad etdi. Buni faqat urush yo‘li bilan to‘g‘irlab bo‘ladi, qolaversa, boshqa barcha usullar biz tomonimizdan taklif qilindi va urinib ko‘rildi.
Urushda maxsus harbiy qonunlar, tribunallar va hokazolar mavjud. Terrorchilar u yoki bu tarzda jazolanishi kerak yoki yo‘q qilinishi kerak. Lekin bu faqat urush paytida. Urushdan keyin esa bularning barchasi darhol to‘xtatib, qilingan ishlar uchun tavba qilishni boshlashi kerak.
Mening go‘zal, Xudoning nazari tushgan Rossiyamda qanday qilib “jallod” lavozimi rasman joriy etilishi mumkinligiga tushuna olmayman. Buni ishni kim bajarishi kerak, nega?
Urush – bu kabi muammolarni maxsus tayyorlangan insonlar, ya’ni harbiylar tomonidan hal qilish uchun yetarli vaqt. Undan so‘ng, avliyo Vasiliy cherkovi va Blok she’rlari, Sviridov musiqasi va Levitan kartinalari mavjud bo‘lgan rus dunyosida jallodlar bo‘lmasligi kerak.
Bir marta, taqdir taqozosi bilan men “Gayler” filmida rol o‘ynaganimda – bizga umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan mahbuslar qamoqxonasida suratga tushishga ruxsat berildi. Men u yerda bir sutka bo‘ldim. Bu qamoqxona yo‘lagida, kameralardan birida. Kun bo‘yi men ularning hididan nafas oldim, nolalarini eshitdim, tik nazarlaridan qochdim.
Men o‘lim jazosini qo‘llab-quvvatlovchilarning barchasiga bu yerga tashrif buyurishni tavsiya qilaman. Bir kunga. Ishoning, bu ko‘p narsani o‘zgartiradi. Chunki bu joyning o‘zi do‘zax.
Hammasini hisobga olgan holda, takror aytaman, men, siz o‘ylagandek, patsifist emasman. Men 10-yil harbiy xizmatda bo‘ldim. Men urush olib ketayotgan hayotlar sonini yetarli deb hisoblayman.
Mana, o‘ylab ko‘ring. Biz tobora ko‘proq Stalinni yodga olayapmiz. Ammo Stalin 1947-yilda o‘lim jazosini bekor qilgan. Menga ko‘proq mana shu narsa haqida o‘ylash zavq bag‘ishlaydi. Nega u bunday qildi? O‘sha paytda u nimalarni o‘yladi?
Bugungi terrorchilarga kelsak, ularni qo‘rqita ham, o‘ldira ham olmaysiz. Barcha terrorchilarning bir vaqtda o‘limi – bu Kiyev uzra hilpirayotgan qizil bayroqdir.
— Ukraina Moskvaga keng miqyosdagi dronlar hujumini amalga oshirdi. Ba’zi ekspertlar ularni Rossiya hududida “uxlab yotgan” ukrainalik jangchilardan uchirilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Sizningcha, Ukraina Rossiyada 2014-yildan beri yashirin terroristik yacheykalar tarmog‘ini yaratganligi haqidagi ushbu versiya qanchalik haqiqatga yaqin, ulardan qanday harakatlar kutish mumkin? Agar ular bizning hududimizda qonuniylashtirilgan bo‘lsa, bunday jangarilarni qanday aniqlash mumkin?
- Buni maxsus xizmatlar aniqlaydi – men bu borada mutaxassis emasman. Masala shundaki, agar ular buni shu yerda amalga oshira olsalar, biz xohlasak, u yerda, ularning yerlarida o‘n barobar kengroq ommaviy harakatlarni amalga oshirishimiz mumkin. Buni kecha qilish kerak edi. Bu ertaga ham kerak bo‘ladi.
Kovpak haqida kitob bo‘yicha kino oling. Narigi tomon uchun hammasini haqiqatga aylantiring. Nega yuzta odam otib o‘ldirilsa, muammo o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi, deb o‘ylaymiz? Bizning qarshimizda osmonning yarmichalik ulkan vazifa turibdi, biz esa – keling, 5 kishini otib tashlaymiz, balki yordam berar deb o‘ylayapmiz.
Bilasizmi gap nimada, bizda o‘lim jazosini yoqlaydilar ko‘pincha Sovte Ittifoqi g‘oyasiga qarshi bo‘lgan odamlar. Ular tartibsizlikni yengish ramzi sifatida Dzerjinskiyni Lubankaga qaytarishimizga shunchaki yo‘l qo‘yishmadi.
Lekin gap nimada ekanligini bilasiz. 1918-yilda bolsheviklar fuqarolar urushini ham, terrorni ham xohlamadilar. Ular allaqachon hokimiyatni egallab olishgan edi. Ular o‘zlarining misli ko‘rilmagan davlatlarini qurmoqchi edilar. Ularga qarshi esa terror e’lon qilindi. Shunda ular aytdilar: Hali shundaymi? Biz ham “oppoq” emasmiz. Hozir barchangizni devor oldiga terib qo‘yamiz va terrorni boshlaymiz.
Buning natijasida qarama-qarshilik dahshatli darajalarga yetdi. bolsheviklar g‘alaba qozondi, ammo qirg‘in 1939-yilgacha davom etdi. Shuni uchun ba’zi hollarda boshlashga ham arzimaydi.
Men bugun aslida 1999-yildagi "ikkinchi chechen kampaniyasi" misolidan ko‘proq mamnunman. O‘shanda ham bizga qarshi terror uyushtirishdi, lekin biz bunga javob bermadik. Buning o‘rniga Rossiya o‘z aholisiga murojaat qilib - bizning bir joyimiz og‘riyapti, kelinglar birgalashib davolanamiz, deyishdi. Butun mamlakatni jalb qilishdi.
Bugun esa, maxsus operatsiyaga media nuqtayi nazaridan Rossiya to‘liq jalb qilinmagan. Menimcha bizning OAVlar maxsus operatsiyadan ko‘ra Kovid vaqti aholini jarayonga yaxshiroq jalb qilgan edi.
Maxsus harbiy operatsiya rossiyaliklar hayotidan tashqarida, sahna ortida sodir bo‘lmoqda, go‘yoki.
Jarayonga jalb qilish degani, bu Vasya Vakulenko Dasha Dugina haqida ajoyib qo‘shiq yozdi degani, uni butun stadion kuyladi, bu qo‘shiq eng yaxshi besh aktrisa o‘ynagan va mamlakatning eng yaxshi rejissori suratga olgan aql bovar qilmaydigan kino titrlarida bo‘lishi degani.
Ammo bizda Vasya o‘z dardinni Ivlevaga (bloger) aytmoqda, chunki uning bu yerda odamlari, imperiyasi bor ekan va u ular uchun javobgar ekan. Ivleva esa uni tushunmoqda. Ularning dunyosida hech qanday urush va dronlar yo‘q.
Ularning barchasi o‘zlari uchun imperiyalar yasab olishgan va bizning “bemani” muammolarimiz bilan ularning hududidan ketishimizni kutmoqdalar. Biz ularga manzarani to‘sib qo‘yayotgan ekanmiz. Mana shular “o‘lim jazosi” haqidagi barcha gaplardan muhimroqdir. Muhimroq va xavfliroq!
- Maxsus harbiy operatsiya natijasini qanday tasavvur qilmoqdasiz, Ukraina hukumati bilan qandaydir tinchlik shartnomasini tuzish mumkinmi, Ukraina mamlakat sifatida nima bo‘ladi, operatsiya yakunlanganidan keyin dunyo tartibi qanday o‘zgaradi?
— Nima uchun Rossiyaning bir qismi Rossiyaning boshqa qismi bilan shartnoma tuzadi? Ehtimol Lvov maqomi haqida biror narsa o‘ylab topish mumkindir, balki ...
Yoki men hali ham juda yaxshi ko‘radigan ukrain tilining maqomi haqida. Ukraina san’at asarlari ko‘rgazmalari haqida. Madaniy bitimlar, almashinuvlar, shunga o‘xshash hamma narsa mumkin, ammo bundan ortiq emas.
- Va, albatta, sog‘lig‘ingiz borasida aniqlik kiritsangiz, biz juda xavotir olmoqdamiz.
- Rahmat, vatandoshlar. Biz harakat qilmoqdamiz. Men hayotimda ko‘p narsalarga boshqacha nazar bilan qaramoqdaman. Qurbon bo‘lgan do‘stlarmizsiz o‘zimni o‘ta yolg‘iz his etmoqdaman, lekin men hech narsadan voz kechmadim. Bizning to‘xtashga haqqimiz yo‘q.
To‘xtash huquqi o‘rnida bizda faqat taslim bo‘lish imkoniyati bor.
Tanlov faqat shu.
Yangiliklar lentasi
0