https://oz.sputniknews.uz/20230602/futbol-soliq-imtiyozlari-35619081.html
Futbolni rivojlantirish uchun qator soliq imtiyozlari beriladi
Futbolni rivojlantirish uchun qator soliq imtiyozlari beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Qonun bilan Soliq kodeksiga 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublariga barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan ozod etishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.
2023-06-02T14:01+0500
2023-06-02T14:01+0500
2023-06-02T14:01+0500
iqtisod
sport
futbol
imtiyoz
o‘zbekiston oliy majlisi senati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/12/24050408_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_f7e3a9a201e3640e1afc0b543611c02f.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatning qirq birinchi yalpi majlisida “Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi.Senatorlarning ta’kidlashicha, bu qonun bilan Soliq kodeksiga 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublariga barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan ozod etishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda. Shuningdek, o‘zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz berilmoqda.Majlisda “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi va professional futbol klublarining moliyaviy ahvolini yaxshilash, xorijiy yetuk mutaxassislarni jalb qilish orqali sohadagi mutaxassislar malakasini oshirib borish, shuningdek, xususiy professional futbol klublarini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.Senatorlarning fikricha, mazkur qonunning qabul qilinishi futbol klublari faoliyatini rivojlantirishga, terma jamoalar uchun o‘quv-mashq jarayonini samarali tashkil etishga, mamlakatimizda futbol bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalarni, shu jumladan o‘smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida jahon hamda qit’a birinchiliklarini yuqori darajada tashkil etishni ta’minlashga xizmat qiladi.Eslatib o‘tamiz, 7-aprel kuni mamlakatda futbolning ommaviyligini yanada oshirish, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash hamda professional darajada tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan prezident qarori qabul qilingan edi.Mavzuga oid:
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/12/24050408_0:0:2051:1538_1920x0_80_0_0_1e6955e72203abc57195f00b92d57034.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston futbol soliq imtiyozlari senat
o‘zbekiston futbol soliq imtiyozlari senat
Futbolni rivojlantirish uchun qator soliq imtiyozlari beriladi
Mamlakat hududiga olib kiriladigan sport asbob-uskunalari va inventari hamda sohani qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq qator tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etilmoqda.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatning qirq birinchi yalpi majlisida “Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun
ma’qullandi. Senatorlarning ta’kidlashicha, bu qonun bilan Soliq kodeksiga 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublariga barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan ozod etishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Shuningdek, o‘zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz berilmoqda.
"Bundan tashqari, mamlakat hududiga olib kiriladigan, mamlakatda o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari hamda sohani qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq qator tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etilmoqda", - deyilgan xabarda.
Majlisda “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi va professional futbol klublarining moliyaviy ahvolini yaxshilash, xorijiy yetuk mutaxassislarni jalb qilish orqali sohadagi mutaxassislar malakasini oshirib borish, shuningdek, xususiy professional futbol klublarini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
Senatorlarning fikricha, mazkur qonunning qabul qilinishi futbol klublari faoliyatini rivojlantirishga, terma jamoalar uchun o‘quv-mashq jarayonini samarali tashkil etishga, mamlakatimizda futbol bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalarni, shu jumladan o‘smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida jahon hamda qit’a birinchiliklarini yuqori darajada tashkil etishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 7-aprel kuni mamlakatda futbolning ommaviyligini yanada oshirish, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash hamda professional darajada tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan prezident qarori
qabul qilingan edi.