Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘ladi

© unsplash.com/Sodikjon AkhmedovPorosshiy travoy xolm i gori na zadnem plane.
Porosshiy travoy xolm i gori na zadnem plane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2023
Obuna bo‘lish
Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda dam olish kunlarida issiq havo saqlanib turadi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston hududi bo‘yicha hafta davomida kuzatilgan quruq va o‘rtacha issiq ob-havo dam olish kunlarida ham saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.
2-4 iyun kunlari respublikaning barcha hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati +34…+39 daraja atrofida bo‘ladi. Bunday harorat iyun oyining boshidagi meyoriy qiymatlardan 2-4 darajaga yuqoridir. Ammo O‘zbekistonning meteorologik kuzatuvlari yilnomasida ayrim yillar borki, ushbu yillarda havo harorati iyun oyining eng boshida +38…+40 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +41…+43 darajagacha ko‘tarilgan.
Respublikaning tog‘li hududlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Farg‘ona vodiysi bilan chegaradosh ayrim tog‘li hududlarda juma kunining ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shimolda va cho‘l hududlarda 2-iyun kuni shamol 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda 2-4 iyun kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtachagacha esadi. Harorat +34…+37 daraja atrofida bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0