O‘zgidromet 5-8 iyun kunlari kuzatiladigan jaziramadan ogohlantirdi

Zakat v Xive - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 5−8 iyun kunlari harorat +42 darajagacha ko‘tariladi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. 5-8 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
Buning hisobiga maksimal havo harorati 5-6 iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida +40...+41 darajagacha, 6-8 iyun kunlari Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida +40...+42 darajagacha ko‘tariladi.
5-8 iyun kunlari havo Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +38...+40 darajagacha, 7-8 iyun kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +36...+39 darajagacha issiq bo‘ladi.
7-8 iyun kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
jara, zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2022
Jaziramadan saqlanish uchun foydali tavsiyalar
Yangiliklar lentasi
0