Toshkent viloyatidagi ayrim talabalarga kontrakt pullari to‘lab berildi

© Davlat test markazi Test sinovlari
Test sinovlari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatida 66 nafar yoshlar yetakchilarining kontrakt pullari to‘lab berildi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Toshkent viloyatida 66 nafar yoshlar yetakchilarining 400 million so‘mga yaqin kontrakt pullari to‘lab berildi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Kontrakt pullari Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yo‘naltirilgan.

“2022/2023 o‘quv yilining 1-semestri uchun viloyatda faoliyat yuritayotgan 72 nafar yoshlar yetakchilarining ro‘yxati shakllantirilib, qariyb 430 million so‘m miqdorida yordam ko‘rsatilgan edi”, - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning 30-iyun kuni prezident rahbarligida Yoshlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda har yili oliy ta’lim muassasalarining sirtqi bo‘limiga o‘qishga qabul qilingan 500 nafargacha eng faol mahalladagi yoshlar yetakchilarining kontrakt to‘lovlarini to‘lab berish belgilangan.
Studenti vo vremya obucheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2023
O‘zbekistonda imtihonsiz talaba bo‘lish yo‘llari va hujjat topshirish shartlari qanday?
Yangiliklar lentasi
0