https://oz.sputniknews.uz/20230601/toshkent-olmaota-ortasida-hamkorlik-memorandum-35593579.html
Toshkent va Olmaota o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi mumkin
Toshkent va Olmaota o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonning Olmaota viloyati hokimi o‘rinbosari Nurjan Kudayberganov Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov bilan uchrashuvda shunday taklif bildirdi.
2023-06-01T19:44+0500
2023-06-01T19:44+0500
2023-06-01T19:44+0500
siyosat
toshkent
olmaota
qozog‘iston
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/01/35593919_0:92:1280:812_1920x0_80_0_0_f14ee8c2b130e607fe9c5eba39e6db18.jpg
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Toshkent va Olmaota o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolanishi mumkin. Qozog‘istonning Olmaota viloyati hokimi o‘rinbosari Nurjan Kudayberganov Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov bilan uchrashuvda shunday taklif bildirdi.Uchrashuvda Kudayberganov Toshkent va Olmaota o‘rtasida birodarlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni ham taklif qildi.Tomonlar hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning istiqbollarini muhokama qilishdi.Nurjan Kudayberganov Toshkent shahridagi o‘zgarish va yangilanishlar, poytaxt jadal sur’atlarda o‘sib borayotgani, Yangi Toshkent qurilishi boshlanganligini e’tirof etdi.Olmaota viloyatida yangi shahar markazi qurilishi rejalashtirilganligi va bu boradagi loyiha va ishlarni tashkil etishda Toshkent shahri tajribasi bilan o‘rtoqlashish muhim ekanligini qayd etdi.Baxtiyor Rahmonov Yangi Toshkent loyihasi xususida to‘xtalar ekan, u yerda ma’muriy binolar qatori, turar joylar, ijtimoiy va xizmat ko‘rsatish obyektlari, IT-markazlar, umuman, zamonaviy shahar markazi talabiga mos barcha inshootlar barpo etilishini aytib o‘tdi.
qozog‘iston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/01/35593919_38:0:1243:904_1920x0_80_0_0_d802d0455c71fdb49765a2fbb44f4692.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent olmaota hamkorlik memorandumi
toshkent olmaota hamkorlik memorandumi
Toshkent va Olmaota o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi mumkin
Toshkentda poytaxt hokimi o‘rinbosari va Olmaota viloyati hokimi o‘rinbosari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Toshkent va Olmaota o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolanishi mumkin. Qozog‘istonning Olmaota viloyati hokimi o‘rinbosari Nurjan Kudayberganov Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov bilan uchrashuvda shunday
taklif bildirdi. Uchrashuvda Kudayberganov Toshkent va Olmaota o‘rtasida birodarlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni ham taklif qildi.
Tomonlar hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning istiqbollarini muhokama qilishdi.
Nurjan Kudayberganov Toshkent shahridagi o‘zgarish va yangilanishlar, poytaxt jadal sur’atlarda o‘sib borayotgani, Yangi Toshkent qurilishi boshlanganligini e’tirof etdi.
Olmaota viloyatida yangi shahar markazi qurilishi rejalashtirilganligi va bu boradagi loyiha va ishlarni tashkil etishda Toshkent shahri tajribasi bilan o‘rtoqlashish muhim ekanligini qayd etdi.
Baxtiyor Rahmonov Yangi Toshkent loyihasi xususida to‘xtalar ekan, u yerda ma’muriy binolar qatori, turar joylar, ijtimoiy va xizmat ko‘rsatish obyektlari, IT-markazlar, umuman, zamonaviy shahar markazi talabiga mos barcha inshootlar barpo etilishini aytib o‘tdi.