Toshkent metrosi issiq ob-havo tufayli tezlikni pasaytiradi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovSostav podyezjayet k platforme stansii Kuylyuk Tashkentskogo metropolitena.
Sostav podyezjayet k platforme stansii Kuylyuk Tashkentskogo metropolitena. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2023
Obuna bo‘lish
Yer usti halqa yo‘li va Sergeli yo‘li uchastkalarida havo haroratining ko‘tarilishi kuzatilgan vaqtlarda poyezdlar harakati tezligining vaqtincha cheklovi joriy etiladi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Toshkent metrosi issiq ob-havo tufayli tezlikni pasaytiradi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi.
Qayd etilishicha, yoz mavsumining boshlanishi munosabati bilan Toshkent shahrida havo harorati keskin ko‘tarilishi va natijada yer usti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘lib, +70 darajaga yetishi mumkin.

“Yuqoridagilarni e’tiborga olib, Yer usti halqa yo‘li va Sergeli yo‘li uchastkalarida havo haroratining ko‘tarilishi kuzatilgan vaqtlarda poyezdlar harakati tezligining vaqtincha cheklovi joriy etiladi”, - deyiladi xabarda.

Temir yo‘llardan foydalanish qoidalariga ko‘ra relslarning harorati +55 darajadan oshganda poyezdlar harakati tezligi pasaytiriladi. Ya’ni relslarning harorati +60 darajagacha bo‘lganda poyezdlar harakati tezligi 40 km/soatdan, +65 darajagacha 25 km/soatdan oshmasligi, +70 va undan yuqori darajada esa poyezdlar harakati taqiqlanishi belgilangan.
Mazkur cheklov poyezdlar harakati va yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet yoz anomal issiq bo‘lmasligi, biroq haroratni +40-42 darajagacha, respublikaning shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida +43-45 darajagacha ko‘tarilishi ham istisno qilinmasligini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0