Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Isroil elchisini qabul qildi

© Sputnik / Zafar XalilovTashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Isroil elchisini qabul qildi
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Isroil elchisini qabul qildi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Isroil tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasining jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Kecha, 31-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Isroilning Favqulodda va muxtor elchisi Zehavit Ben Hillelni qabul qildi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston-Isroil hamkorligini yanada faollashtirishga qaratilgan ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Investitsiya, innovatsiyalar, tibbiyot va ta’lim sohalaridagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, xususan, O‘zbekiston va Isroil tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasining jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0