Qozog‘iston va Turkmanistonda Qurbon hayiti kuni ma’lum bo‘ldi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovKurban xayit v Tashkente.
Kurban xayit v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2023
Obuna bo‘lish
Ushbu ikki davlatda Qurbon hayitining ilk kuni 28-iyunda nishonlanadi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Qozog‘iston va Turkmanistonda Qurbon hayiti kuni ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekistonda Qurbon hayiti haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni Telegram-kanalimizda e’lon qilamiz. Obuna bo‘ling va tezkor xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Demak, Turkmaniston 28-30 iyun kunlari Qurbon hayitini nishonlaydi. Qozog‘istonda esa Qurbon hayitining birinchi kuni 28-iyun, chorshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun bayram 30-iyungacha davom etadi.
O‘zbekistonda ham hayitning ehtimoliy sanasi 28-iyun bo‘lishi mumkin. Aniq sana bayramdan 10 kun oldin, oy ko‘rinishiga qarab ma’lum bo‘ladi.
Qurbon hayit – musulmonlarning eng ulug‘ bayrami hisoblanadi. Islom manbaalarida aytilishiga qaraganda ushbu kun Ibrohim payg‘ambar Ollohga qurbonlik keltirgan kuni sharafiga bayram qilinadi.
Bayram kuni tong sahardan musulmonlar tahorat qilib, toza kiyim kiyishadi. Keyin masjidga borib namoz o‘qishadi. Namozdan so‘ng qurbonlik qilinadi va bayram dasturxoni yoziladi. Qurbonlikdan barcha qo‘shnilarga, kambag‘al va nochorlarga tarqatiladi.
Qurbonlikka atalgan hayvon ma’lum bir qoidalarga muvofiq tanlab olinadi. Kasallangan, oriq yoki qo‘rinishida kamchilliklari bor hayvon qurbonlik qilishga yaramaydi. Qurbonlikni so‘yish ham ma’lum qonun qoidalarga binoan amalga oshirilishi kerak.
Qurbon hayiti arafasida qo‘y narxi oshadimi – mutaxassis fikri
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2023
Qurbon hayiti arafasida qo‘y narxi oshadimi – mutaxassis fikri
Yangiliklar lentasi
0