Poytaxt va Toshkent viloyatida bolalar uchun tadbirlar o‘tkazilmoqda — manzillar

© Sputnik/Zafar XalilovPoytaxt va Toshkent viloyatida bolalar uchun tadbirlar o‘tkazilmoqda — manzillar
Poytaxt va Toshkent viloyatida bolalar uchun tadbirlar o‘tkazilmoqda — manzillar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyati va poytaxt bo‘ylab qator ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Ushbu kun munosabati bilan Toshkent viloyati va poytaxt bo‘ylab qator ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin:
Nurafshon shahar "Tong" madaniyat markazida soat 10:00 da shou-konserti boshlandi;
Yangiyo‘l tumani "Aladdin" akvaparkida estrada yulduzi Ulug‘bek Rahmatullayev 10:00 dan bolajonlarni kutib oldi;
Bekobod tuman amfiteatrida soat 18:00 da "Bor mehrimiz senga, bolajon" nomli konsert kechasi uyushtirilmoqda;
Ohangaron tumani Qoraxtoy mahallasida soat 18:00 ga konsert-shousi rejalashtirilmoqda;
Oqqo‘rg‘onlik o‘g‘il-qizlar uchun "Humo" yosh tomoshabinlar teatri 1-iyundan 3-iyunga qadar soat 10:00 va 12:00 da "Sehrli sandiq" spektaklini namoyish qiladi;
Parkent tumani "Yoshlar bog‘i"da soat 19:00 da "Bolajonlar shousi" boshlanadi;
Ohangaron shahri madaniyat va istirohat bog‘ida 10:00 da ko‘ngilochar shou va kech soat 19:00 da shahar amfiteatrida qiziqarli sirk chiqishlari bolajonlar uchun hozirlanmoqda;
Yangiyo‘l shahri barcha bolajonlarni 18:00 da shahar "Yoshlar bog‘i"dagi katta konsert dasturiga taklif qilmoqda;
soat 18:00 da Bo‘stonliq tumani markaziy maydonida "Beg‘ubor bolaligim" nomli konsert o‘tkaziladi;
Olmaliq shahri "Yoshlar bog‘i"da soat 11:00 da "Farzandi deb yashaydi o‘zbek" nomli tadbir dasturi bo‘lib o‘tdi;
Toshkent tumani soat 19:00 ga tuman amfiteatriga bolalarni taklif qilmoqda;
Bekobod shahar "Yoshlar bog‘i"da soat 18:00 da katta konsert kechasi;
soat 19:00 da estrada yulduzlari angrenlik kichkintoylarni bayram bilan tabriklash uchun Angren shahar markaziy o‘yingohiga yetib kelishi rejalashtirilgan;
Bo‘ka tuman markaziy amfiteatrida bolajonlar uchun 18:00 da katta bayram rejalashtirilgan;
soat 19:30 da "Turkiston" san’at saroyi yozgi sahnasida "Beg‘ubor bolaligim" nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tadi;
soat 19:00 da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi yonidagi ochiq maydonda "Bolalardan bolalarga" nomli katta bayram konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0