https://oz.sputniknews.uz/20230601/ozbekiston-yoz-harorat-prognoz-35577092.html
O‘zbekistonda yoz qanday harorat bilan boshlanadi — oylik prognoz
O‘zbekistonda yoz qanday harorat bilan boshlanadi — oylik prognoz
Sputnik O‘zbekiston
Birinchi o‘n kunlik davomida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
2023-06-01T13:15+0500
2023-06-01T13:15+0500
2023-06-01T13:26+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ob-havo
o‘zbekistonda ob-havo
o‘zbekiston bo‘ylab ob-havo prognozi
ob-havo prognozi
yoz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/01/35577579_0:54:1024:630_1920x0_80_0_0_2a840c84463a79d366a9dc383bc58c19.jpg
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Joriy yilning iyun oyi o‘rtacha issiq ob-havo bilan boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.Birinchi o‘n kunlik davomida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat tog‘li hududlarda ayrim kunlarda mahalliy momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.Iyun oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat asosan +36-39 daraja, respublikaning shimolida, janubida va cho‘l hududlarida +42 daraja atrofida bo‘ladi.Qayd etilishicha, iyun oyi meyordan 2-3 darajaga iliqroq bo‘ladi.Ayrim kunlarda ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, umuman olganda, iyun oyidagi yog‘ingarchilik miqdori meyordan kam bo‘lishi kutilmoqda.Iyul va avgust oylarida 60-70 foiz ehtimollik bilan harorat foni meyordan biroz yuqori va uning atrofida bo‘lishi kutilmoqda.So‘nggi yillarda yoz fasllarining o‘rtacha harorati tez-tez o‘rtacha yillik qiymatlardan oshib bormoqda. XXI asr boshidan beri faqat 2003 va 2009-yillardagi yoz fasllari meyordan biroz salqinroq, boshqa barcha yoz fasllari esa meyor atrofida va undan iliqroq bo‘ldi. 2015-yildan boshlab barcha yoz fasllarining harorati meyordan yuqori bo‘ldi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/01/35577579_58:0:967:682_1920x0_80_0_0_06513ae48bdd1d89d8512b43b6ca9c29.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston ob-havo
O‘zbekistonda yoz qanday harorat bilan boshlanadi — oylik prognoz
13:15 01.06.2023 (yangilandi: 13:26 01.06.2023) Birinchi o‘n kunlik davomida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Joriy yilning iyun oyi o‘rtacha issiq ob-havo bilan boshlanadi. Bu haqda
O‘zgidromet xabar berdi.
Oyning eng boshida havo harorati +34-37 daraja atrofida bo‘ladi. Ikkinchi besh kunlikda issiq +37-40 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +40-43 darajagacha ko‘tariladi va bunday harorat ikkinchi o‘n kunlikning boshigacha saqlanib turadi.
Birinchi o‘n kunlik davomida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat tog‘li hududlarda ayrim kunlarda mahalliy momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.
Iyun oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat asosan +36-39 daraja, respublikaning shimolida, janubida va cho‘l hududlarida +42 daraja atrofida bo‘ladi.
Qayd etilishicha, iyun oyi meyordan 2-3 darajaga iliqroq bo‘ladi.
Ayrim kunlarda ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, umuman olganda, iyun oyidagi yog‘ingarchilik miqdori meyordan kam bo‘lishi kutilmoqda.
Iyul va avgust oylarida 60-70 foiz ehtimollik bilan harorat foni meyordan biroz yuqori va uning atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Yoz anomal issiq bo‘lmaydi, biroq haroratni +40-42 darajagacha, respublikaning shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida +43-45 darajagacha ko‘tarilishi ham istisno qilinmaydi.
So‘nggi yillarda yoz fasllarining o‘rtacha harorati tez-tez o‘rtacha yillik qiymatlardan oshib bormoqda. XXI asr boshidan beri faqat 2003 va 2009-yillardagi yoz fasllari meyordan biroz salqinroq, boshqa barcha yoz fasllari esa meyor atrofida va undan iliqroq bo‘ldi. 2015-yildan boshlab barcha yoz fasllarining harorati meyordan yuqori bo‘ldi.