O‘zbekiston va Eron o‘zaro savdoni oshirish choralarini kelishib oldi
12:58 01.06.2023 (yangilandi: 16:27 01.06.2023)
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli Respubliki UzbekistanZasedanie Mejpravitelstvennoy komissii po torgovo-ekonomicheskomu i nauchno-texnicheskomu sotrudnichestvu mejdu Respublikoy Uzbekistan i Islamskoy Respublikoy Iran (MPK).
Obuna bo‘lish
Ikki davlat imtiyozli savdo bitimini qabul qilishni jadallashtiradi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Eron o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yiliga 1 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar bermoqda.
Toshkent shahrida O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 15-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli Respubliki UzbekistanZasedanie Mejpravitelstvennoy komissii po torgovo-ekonomicheskomu i nauchno-texnicheskomu sotrudnichestvu mejdu Respublikoy Uzbekistan i Islamskoy Respublikoy Iran (MPK).
Tadbirga O‘zbekiston tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Eron tomonidan esa Eron sanoat, konlar va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Said Mahdiy Niyoziy hamraislik qildi. Unda ikki davlatning tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari ham ishtirok etdi.
Savdo ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishini ta’minlash maqsadida tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yiliga 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturini imzolashga kelishib oldi.
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli Respubliki UzbekistanZasedanie Mejpravitelstvennoy komissii po torgovo-ekonomicheskomu i nauchno-texnicheskomu sotrudnichestvu mejdu Respublikoy Uzbekistan i Islamskoy Respublikoy Iran (MPK).
Imtiyozli savdo bitimini qabul qilish jadallashtiriladi, ikkala davlatning hududlarida “Made in Iran” va “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmalari o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, ikki tomonlama savdodagi to‘siqlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh tuziladi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi uch yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb ikki baravar oshdi. Oxirgi besh yil ichida O‘zbekistonda Eron kapitali ishtirokidagi korxonalar soni uch baravarga ko‘payib, 420 taga yetgan.