Nukusdagi dzudo musobaqasida eng kuchli jamoa aniqlandi

© Federatsiya dzudo UzbekistanaNukusda o‘tkazilgan dzudo bo‘yicha mamlakat kubogida Toshkent shahri birinchi o‘rinni egalladi
Nukusda o‘tkazilgan dzudo bo‘yicha mamlakat kubogida Toshkent shahri birinchi o‘rinni egalladi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2023
Obuna bo‘lish
Bellashuvlarning yakkalik dasturida Toshkent shahri umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Kecha, 31-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida dzudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi mamlakat kubogi yakuniga yetdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
4 kun davom etgan bellashuvlarda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan tashrif buyurgan 300 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Bellashuvlarning yakkalik dasturida Toshkent shahri umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Poytaxtlik dzudochilar 4 ta oltin va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. 3 tadan oltin, kumush va bronza medallariga egalik qilgan qashqadaryolik polvonlar ikkinchi, 2 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamg‘argan Xorazm viloyati uchinchi o‘rinni egalladi.
Aralash jamoaviy dasturda Qashqadaryo viloyati oltin, Toshkent shahri kumush, Xorazm va Qoraqalpog‘iston jamoalari bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Yangiliklar lentasi
0