Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda MO va YeI sammitida ishtirok etadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev v gosudarstvennoy rezidensii "Ala-Archa" v Bishkeke. Arxivnoe foto
Shavkat Mirziyoyev v gosudarstvennoy rezidensii Ala-Archa v Bishkeke. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvda ishtirok etish uchun 2-iyun Cho‘lponota shahrida bo‘ladi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik.O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammitida ishtirok etadi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvda ishtirok etish uchun 2-iyun kuni amaliy tashrif bilan Qirg‘iz Respublikasining Cho‘lponota shahrida bo‘ladi.
Kun tartibidan Markaziy Osiyo mamlakatlarining Yevroittifoq bilan konstruktiv muloqotini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorligini kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
"GSP+" tizimidan foydalangan holda o‘zaro savdoni ko‘paytirish, investitsiya va innovatsiya loyihalari uchun qulay sharoit yaratish va ularni ilgari surishga ko‘maklashish, “yashil” energetikani joriy etish, Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish, raqamli o‘zaro bog‘liqlik, ekologiya, turizm, madaniyat va boshqa yo‘nalishlardagi sheriklikning dolzarb jihatlari diqqat markazida bo‘ladi.
Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, bunday formatdagi birinchi mintaqaviy uchrashuv 2022-yil 27-oktabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
Yangiliklar lentasi
0