Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 1-iyunning asosiy voqealari

© Sputnik / RIA NovostiBroneavtomobil "Tigr" VS RF. Arxivnoe foto
Broneavtomobil Tigr VS RF. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi maxsus harbiy operatsiya rejalari va maqsadlariga muvofiq Ukraina Qurolli kuchlari va yollanma askarlarni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi Xarkov viloyatining Timkovka, Berestovoe va Lugansk Xalq Respublikasining Stelmaxovka aholi punktlari hududlarida joylashgan dushmanning 45 nafar harbiy xizmatchisi, uchta avtomashinasi, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va D-20 gaubitsasini yo‘q qildi.
Undan tashqari, kun davomida Xarkov viloyatining Sinkovka, Kislovka va Lugansk Xalq Respublikasining Rozovka aholi punktlari hududlarida uchta diversion-razvedka guruhining harakatlari to‘xtatildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi LXRning Karmazinovka, Chervonaya Dibrova, DXRning Grigorovka aholi punktlari hududlarida UQKning 80 nafar harbiy xizmatchisi, ikkita pikapi, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va D-20 gaubitsasini yo‘q qildi.
Shuningdek, LXRning Kremennaya aholi punkti hududida Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhining harakatlari to‘xtatildi. DXRning Serebranka shaharchasi yaqinida 125-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida 1-armiya korpusi bo‘linmalari Avdeyevka hududida jang qilmoqda. 5-motoo‘qchilar brigadasining hujum otradlari va "Axmat" maxsus kuchlari otradi Mariinskiy taktik yo‘nalishi bo‘yicha hujum operatsiyalarini davom ettirmoqda. "Janub" kuchlar guruhi DXRning Georgiyevka, Lastochkino va Tonenkoe aholi punktlari hududlarida dushmanning askarlari va texnikasiga zarba berdi.
Donesk yo‘nalishida kun davomida 395 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta tank, ikkita piyoda jangovar mashinasi, uchta pikap va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi. DXRning "Udachnoe" aholi punkti yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" kuchlari guruhi DXRning Vodanoe, Pavlovka, Malaya Tokmachka va Zaporoje viloyati Sherbaki aholi punktlari hududlarida UQKning 120 nafargacha harbiy xizmatchisi, ikkita mashinasi, shuningdek, "Msta-B" gaubitsasini yo‘q qildi.
Xerson yo‘nalishida sutka davomida 20 ga yaqin ukrainalik harbiy xizmatchilar, ikkita pikap, "Grad" jangovar mashinasi va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Aviatsiya, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 149 ta tumanda o‘q otish pozitsiyalarida joylashgan 103 ta artilleriya bo‘linmasi ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi.
DXRning Seversk va Zaporoje viloyatining Gorkiy aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 81-aeromobil brigadasi va 108-hududiy mudofaa brigadasi bo‘linmalarining qo‘mondonlik va kuzatuv punktlariga zarba berildi.
Havo mudofaa kuchlari kun davomida: Ukraina Harbiy-havo kuchlarining Su-25 samolyoti Zaporoje viloyati Novoandreevka aholi punkti hududida
HIMARS, "Uragan" va "Olxa" raketa tizimlarining 16 ta raketasi tutib olindi.
Bundan tashqari, LXRning Ploshanka, Kuzemovka, Makeyevka, DXRning Tonenkoe va Georgiyevka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 17 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 430 ta samolyot, 235 ta vertolot, 4407 ta uchuvchisiz uchish apparati, 424 ta zenit-raketa tizimi, 9352 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1105 ta raketa tizimlari, 4954 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 10587 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0