Taekvondo WT bo‘yicha JCh: o‘zbekistonlik sportchi muddatidan oldin g‘alaba qozondi

© Press-slujba NOK UzbekistanaMannopova oderjala dosrochnuyu pobedu
Mannopova oderjala dosrochnuyu pobedu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2023
Obuna bo‘lish
Litvalik Gerda Meitininkayt bilan jang qilgan Mannopova 1-raundni o‘z foydasiga hal qildi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Ozarbayjonda o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatida Madinabonu Mannopova muddatidan oldin g‘alaba qozondi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Taekvondochilarning jahon chempionatidagi bugungi ishtirokini Madinabonu Mannopova (-49 kg) boshlab berdi.
Litvalik Gerda Meitininkayt bilan jang qilgan Mannopova 1-raundni o‘z foydasiga hal qildi.
2-raundda uning boshga yo‘llagan zarbasidan so‘ng jarohat olgan litvalik sportchi bellashuvni davom ettira olmadi. Shu tariqa u ikkinchi davraga yo‘l olmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun Bokuda o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatining uchinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda Ulug‘bek Rashitov bronza medal sohibi bo‘lgan bo‘lsa, Madina Mirabzalova ishtirokini kuchli sakkizlikda yakunladi. Shuningdek, dayanga chiqqan Saodatbegim Aliyeva, Ozoda Sobirjonova va Amir Turayev imkoniyatni boy berdi.
Yangiliklar lentasi
0