Rossiya va Xitoy to‘lovlarning yangi tizimiga o‘tdi
15:45 31.05.2023 (yangilandi: 16:08 31.05.2023)
© AP Photo / Kin CheungLogotip promishlennogo i kommercheskogo banka Kitaya ICBC.
© AP Photo / Kin Cheung
Obuna bo‘lish
Rossiya va Xitoy o‘rtasida savdo-sotiqing tezkor o‘sib borishi SWIFT to‘lov tizimidan uzilgan Rosssiya banklarini ildamlik bilan Xitoyning CIPS banklararo to‘lovlar tizimiga ulanishga undamoqda.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Rossiyaning 30 ta banki Xitoyning CIPS (SWIFT muqobili) to‘lov tizimiga ulandi. Yana o‘nlab banklari arizalar ma’qullanishini kutmoqda. Endi savdo qilish osonlashadi va logistika nafaqat yirik kompaniyalar uchun, balki kichik va o‘rta biznes uchun ham oldindan aytish mumkin bo‘ladi.
Tez o‘sish
Hisob-kitoblarni soddalashtirish zarurati anchadan beri paydo bo‘lgan. Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi savdo hajmining o‘sishi (o‘tgan yilda deyarli 1/3 baravar) tez va aniq to‘lovlarni talab qiladi. Rossiya-Osiyo sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (RASPP) raisi Vitaliy Mankevich atigi to‘rt oy ichida o‘zaro savdo hajmini 71,15 milliard dollarga baholadi. Bosh vazir Mixail Mishustinning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyalarning 70 foizi milliy valyutalarda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, tobora ko‘proq banklar yuanda depozit saqlashni taklif qilmoqdalar - ularning soni allaqachon ellikka yaqin.
SWIFTdan qat’iy nazar tez va xavfsiz to‘lov qobiliyati energiya, qurilish, tadqiqot va savdo, shu jumladan parallel import sohasidagi samarali hamkorlik uchun zarur. To‘lov muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, yetkazib berish kechiktiriladi, logistika buziladi. Bu esa biznesga tahdididir.
"Hozirgi kunda to‘lovlar bilan bog‘liq asosiy muammo shundaki, ular o‘tmaydi yoki ular juda kechikib o‘tadi. Aslida to‘lovni amalga oshirayotganda pul oluvchiga o‘tadimi yoki yo‘qligini bilmay qolasiz. To‘lov CIPS bo‘yicha amalga oshirilganda — bunday muammolar bo‘lmaydi," - deb tushuntiradi "To‘lovlar va o‘tkazmalar" kompaniyasi hamkori Georgiy Mixayles.
Hozirda Rossiyaning 30 ta kredit tashkilotlari Xitoy hisob-kitob tizimiga ulangan. Biroq — bilvosita, ya’ni bu operatsiyalar vakil banklari orqali amalga oshiriladi. Tizimga faqat Xitoy kompaniyalari yoki ularning sho‘’ba korxonalari, masalan, eng yirik AySiBiSi bankining Rossiya bo‘limi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish huquqiga ega.
Shu munosabat bilan ekspertlar bir nechta qiyinchiliklarni ko‘rishadi: noto‘liq funksional, to‘lov muddati uzaytirilishi va boshqalar.
Dollar o‘rniga yuan
May oyida Shanxayda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda VTB bosh direktori Andrey Kostin shunday dedi: "Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi transchegaraviy to‘lovlarning keskin o‘sishi fonida - oxirgi chorakda faqat bizning bankimiz orqali 200 foizdan ortiq - to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish zarurati. Rossiya banklarining CIPS tizimiga kirishi tobora ko‘proq sezilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ichki iqtisodiyot uchun yuan aslida dollar o‘rnini bosuvchi vositaga aylandi va unga talab ortib bormoqda. Rossiyada Xitoy valyutasidagi moliyaviy vositalar bozorini kengaytirish ham mantiqan to‘g‘ri keladi – ko‘plab fuqarolar o‘z jamg‘armalarini yuanda saqlashni afzal ko‘rishadi, deya qo‘shimcha qildi Kostin.
Shu bilan birga, Xitoy to‘lov tizimiga qo‘shilishni xohlovchilar kam emas. Rossiya moliyaviy kommunikatsiyalar ishtirokchilari milliy assotsiatsiyasi (Rosfinsom) ijrochi direktori Roman Chernovning aytishicha, CIPS arizalar oqimiga dosh bera olmadi. Ba’zilar bir necha oy kutishadi. Ulanish texnik va qonuniy jihatdan murakkab jarayondir. Bundan tashqari, u ichki nomzodlik tizimlarini moslashtirishni talab qiladi.
Muqobil tizimlar
Bugungi kunga qadar o‘nta bank SWIFTdan uzilgan, jumladan, Sberbank, VTB, MKB, RCXB. Rasmiy taqiq bo‘lmagan holatlar mavjud, ammo blokirovka qiluvchi sanksiyalar xorijiy valyutada pul o‘tkazmalarini amalga oshirishga imkon bermaydi. Bunday kredit tashkilotlari orasida Alfa-Bank, Transsapitalbank, Investtorgbank, Uzoq Sharq banki bor.
Hozirda Rossiyada 40 ga yaqin banklar SWIFT orqali bilan ishlamoqda, jumladan Tinkoff Bank, Solid Bank va Sifra-bank. Ularning ba’zilarida cheklovlar mavjud. Gazprombank uchun o‘tkazma to‘lovi bir foizdan uch foizgacha oshdi va minimal miqdor 20 000 dollarni tashkil etadi. Xuddi shu cheklov Rayffayzenbankda ham bor. Ularda ushbu xizmatdan faqat 2023-yil 23-fevralgacha paketga ulangan premium mijozlar foydalanishlari mumkin.
Chet el to‘lov tizimiga ulanishning eng yaxshi muqobili — xorijiy hamkorlarni Rossiyaning SPB (tezkor to‘lovlar tizimi)ga jalb qilish bo‘ladi, deb hisoblaydi Mixayles.
"Bu foydalanuvchi nuqtayi nazaridan ham, banklar va unga ulangan do‘konlar nuqtayi nazaridan ham eng texnologik ilg‘or tizim hisoblanadi. SPB tizimi ShHT va BRIKS ichidagi yagona hududga xizmat ko‘rsata oladi", - deydi mutaxassis.
Biroq, ekspertlar hali ham siyosiy va uslubiy qiyinchiliklar mavjudligini tan olishadi. Shu sababli, ichki to‘lov tizimi ichki iste’mol uchun mahsulot bo‘lib qolmoqda, Xitoyning CIPS tizimi esa Moskva va Pekin orasida savdo-sotiqning xavfsiz usuli bo‘lib qolmoqda.