Xalqaro informatika olimpiadasida O‘zbekiston vakili ilk bor medal oldi

© Depositphotos.com / RawpixelProgrammist v protsesse raboti
Programmist v protsesse raboti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2023
Obuna bo‘lish
Dilshodbek Xo‘jayev 200 ga yaqin yoshlar ishtirok etgan olimpiadada bronza medali sohibi bo‘ldi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekistonlik Dilshodbek Xo‘jayev Osiyo – Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti xabar berdi.
Mintaqaviy xalqaro olimpiada Xitoy davlati tomonidan 21-may kuni masofaviy tarzda tashkil etildi. Unda dunyoning 33 ta mamlakatidan jami 204 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi.
Olimpiadada ishtirok etish uchun saralab olingan terma jamoa a’zolaridan biri, Dilshodbek Xo‘jayev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
© Departament po rabote s odarennimi uchashimisya po predmetnim olimpiadamDilshodbek Xo‘jayev
Aziatsko-Tixookeanskaya olimpiada po informatike (APIO) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2023
Dilshodbek Xo‘jayev
Bu Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasidagi o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan ilk medal hisoblanadi.
Dilshodbek Xo‘jayev Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinfida o‘qiydi.
Yangiliklar lentasi
0