O‘zbekiston dzudochilari Dushanbeda xalqaro musobaqasida qatnashadi
14:22 31.05.2023 (yangilandi: 16:45 31.05.2023)
© NOKOtechestvennie dzudoisti otpravilis v Dushanbe
© NOK
Obuna bo‘lish
Dushanbe shahrida xalqaro doiradagi Gran-pri musobaqasi o‘tkaziladi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Bugun O‘zbekistonlik dzudochilar 2-4 iyun kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbeda o‘tkaziladigan xalqaro Gran-pri musobaqasiga qatnashish uchun jo‘nab ketdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Mazkur xalqaro musobaqada 41 mamlakatdan 300 nafardan ortiq sportchi qatnashadi. Uning g‘oliblari Jahon reytingi va Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun qimmatli ochkolarni qo‘lga kiritishadi.
Musobaqada ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:
Erkaklar:
-60 kg: Doston Ro‘ziyev, Kamoliddin Baxtiyorov;
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev, Bobur Vadjiyev;
-73 kg: Shahram Ahadov, Javohir Saparov;
-81 kg: Hikmatulloh To‘rayev, Muso Sobirov;
-90 kg: Zufarbek O‘rolov, Jahongir Mamatrahimov;
-100 kg: Otabek To‘raboyev, Muhammadqodir Mansurov;
+100 kg: Islombek Ravshanqulov, O‘tkirbek To‘raboyev.
Ayollar:
-48 kg: Fotimaxon Tursunboyeva;
-52 kg: Sita Kadambayeva, Gulhayo Jo‘rayeva;
-57 kg: Shukurjon Aminova, Nilufar Yermaganbetova;
-63 kg: Farangiz Hojiyeva, Sevinch Isoqova;
-70 kg: Nodira Yo‘ldosheva, Shohista Nazarova;
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva, Farangiz Xolmurodova;
+78 kg: Saneayim Erkinbayeva, Rinata Ilmatova.