O‘zbekiston mosh eksporti hajmini oshirdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishBobi (mash) na 24-y Mejdunarodnoy vistavke produktov pitaniya WorldFood Moscow v "Ekspotsentre" v Moskve
Bobi (mash) na 24-y Mejdunarodnoy vistavke produktov pitaniya WorldFood Moscow v Ekspotsentre v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 23 ta davlatga mosh eksport qildi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-aprel oylarida 23 ta davlatga qiymati 35,1 mln dollarga teng bo‘lgan 45,5 ming tonna mosh eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Mosh eksporti hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekiston eng ko‘p mosh eksport qilgan davlatlar:
Xitoy – 42 ming tonna;
Pokiston – 1,0 ming tonna;
Qozog‘iston – 588 tonna;
Tojikiston – 559 tonna;
Rossiya – 257 tonna;
Niderlandiya – 191 tonna;
Turkiya – 163 tonna;
Koreya – 48 tonna.
Ma’lumot o‘rinda, so‘nggi yillarda o‘zbek mosh eksportining hajmi uch baravarga ko‘payib, 2019-yildagi 28 ming tonnadan 2020-yilda 75 ming tonnagacha oshgan. Shu bilan birga, Xitoy import qiladigan ushbu mahsulot umumiy hajmida O‘zbekistonning ulushi 26 foizdan 36,5 foizga yetgan.
Yangiliklar lentasi
0