Ozarbayjonda O‘zbekistonning madaniy merosi va sayyohlik salohiyati namoyish etildi

© Sputnik / Murad Orudjev / Mediabankka o‘tishOzarbayjonda O‘zbekistonning madaniy merosi va sayyohlik salohiyati namoyish etildi
Ozarbayjonda O‘zbekistonning madaniy merosi va sayyohlik salohiyati namoyish etildi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2023
Obuna bo‘lish
Tadbir Ozarbayjon Mustaqilligi kuni munosabati bilan hamda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini ommalashtirish, mamlakatga xorijlik sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Ozarbayjonda O‘zbekistonning boy madaniy merosi va sayyohlik salohiyati namoyish etildi. Bu xaqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Tadbir Ozarbayjon Mustaqilligi kuni munosabati bilan hamda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini ommalashtirish, mamlakatga xorijlik sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi.
© "Dunyo" IABogatoe kulturnoe nasledie i turisticheskiy potensial Uzbekistana bili predstavleni v Azerbaydjane
Bogatoe kulturnoe nasledie i turisticheskiy potensial Uzbekistana bili predstavleni v Azerbaydjane  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2023
Bogatoe kulturnoe nasledie i turisticheskiy potensial Uzbekistana bili predstavleni v Azerbaydjane
Taqdimot “Azeri Home Chef” jamoatchilik guruhi va “Turizm va milliy oshxonani rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” nodavlat-notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirda Boku turistik kompaniyalari vakillari, ozarbayjonlik blogerlar, madaniyat va san’at sohasi vakillari hamda boshqa ko‘plab san’at ihlosmandlari ishtirok etishdi.
Mehmonlar o‘zbek milliy oshxonasining an’anaviy taomlarini ta’tib ko‘rish bilan bir qatorda, o‘zbek xalqi amaliy san’ati ko‘rgazmasi namoyondalaridan ham bahramand bo‘lishdi. O‘zbek stendidan hunarmandlarning kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi, zardo‘zlik namunalari ham joy oldi.
Yangiliklar lentasi
0