Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

“Milliy tiklanish” prezidentlikka Shavkat Mirziyoyev nomzodini ma’qulladi

© Press-slujba Demokraticheskoy partii Uzbekistana "Milliy tiklanish"“Milliy tiklanish” prezidentlikka Shavkat Mirziyoyev nomzodini ma’qulladi
“Milliy tiklanish” prezidentlikka Shavkat Mirziyoyev nomzodini ma’qulladi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2023
Obuna bo‘lish
"Milliy tiklanish" partiyasi muddatidan oldingi prezidentlik saylovida O‘zLiDeP ko‘rsatgan amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining navbatdan tashqari VIII qurultoyida O‘zLiDeP partiyasidan amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda partiya yetakchisi Alisher Qodirov ma’lum qildi.
“Bu qaror davlat, xalq va partiyaning manfaatlari nuqtayi nazaridan eng to‘g‘ri qaror deb hisoblayman”, - deya yozdi Qodirov o‘zining Telegram-kanalida.
“Milliy tiklanish” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, partiya oldiga qo‘ygan dasturiy maqsadlari sifatida belgilab olgan va ijrosi ta’minlangan 237 ta maqsaddan – 143 tasi bevosita O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaror va ko‘rsatmalari asosida amalga oshirilgan.
Partiyaning ustuvor vazifalari hisoblangan ona til, milliy tarix, madaniyat va merosni asrab-avaylash, rivojlantirish masalasida Mirziyoyevning sa’y-harakatlarini tilga olingan.
Ta’kidlanishicha, oila institutini jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham tom ma’noda ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilyapti. Shu bilan birga, milliy ishlab chiqarish qo‘llab-quvvatlanib, iqtisodiyot sezilarli darajada rivojlandi, yalpi ichki mahsulot hajmi esa ilk bor 80 milliard dollardan oshdi.
13 may kuni "Milliy tiklanish" partiyasi muddatidan ilgari prezident saylovida O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan edi.
Kuni kecha O‘zLiDeP Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida tasdiqladi va uning saylovoldi dasturini ma’qulladi.
Shuningdek, XDPdan Ulug‘bek Inoyatov, “Adolat” SDPdan esa Robaxon Mahmudova, Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida tasdiqlangan.
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0