Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 31-mayning asosiy xabarlari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishMaxsus operatsiya: 31-mayning asosiy xabarlari
Maxsus operatsiya: 31-mayning asosiy xabarlari
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi maxsus harbiy operatsiya rejalari va maqsadlariga muvofiq Ukraina Qurolli kuchlari va yollanma askarlarni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nnggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Rossiya Aerokosmik kuchlari 29-may kuni Odessa portidagi harbiy kemalar to‘xtash joyiga yuqori aniqlikdagi zarbasi natijasida Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining so‘nggi harbiy kemasi "Yuriy Olefirenko" yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Tabayevka, Molchanovo, Novomlinsk, Berestovoe, Lugansk Xalq Respublikasining Novoselovskoe va Stelmaxovka aholi punktlari hududlarida UQKning 70 nafargacha harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli mashinasi va to‘rtta pikapini yo‘q qildi.
Shu jumladan, Sinkovka, Timkovka va Kotlyarovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning uchta diversion-razvedka guruhi harakatlari to‘xtatildi.
Bundan tashqari, Xarkov viloyatining Lipsi va Sinelnikovo aholi punktlari hududlarida UQKning 60-mexanizatsiyalashgan brigadasi o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi LXRning Makeyevka va Chervonaya Dibrova, DXRning Torskoe, Yampolovka aholi punktlarida, shuningdek Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududlarida 50 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, ikkita zirhli jangovar mashina, uchta avtomashina, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, ikkita D-20 gaubitsasi, bitta D-30 gaubitsasi, shuningdek, "Grad" reaktiv yoppasiga o‘t ochish tizimi jangovar mashinasi yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida eng shiddatli janglar Avdeyevka aholi punkti hududida olib borilmoqda. Bu yerda 1-Armiya korpusi qo‘shinlari va "Janubiy" kuchlar guruhining aviatsiya, artilleriya o‘t o‘chirish va og‘ir o‘t o‘chirish tizimlari ko‘magida faol harakatlari natijasida dushman Krasnogorovka va Yasinovataya aholi punktlari hududlarida o‘z pozitsiyalaridan chiqarib yuborildi.
Armiya aviatsiyasi Avdeyevka aholi punkti va Ximik qishlog‘ida Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalariga zarba berdi. Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlarining 110-mexanizatsiyalashgan brigadasining raketa va artilleriya qurollari ombori vayron qilindi.
Mariinskiy taktik yo‘nalishida 5-moto o‘qchi brigadasining hujum otradlari va "Axmat" maxsus otradi muvaffaqiyatli hujum operatsiyalarini o‘tkazmoqda.
Kun davomida Donesk yo‘nalishida dushmanning umumiy yo‘qotishlari 200 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, uchta zirhli jangovar mashina, 12 ta mashina, D-30 gaubitsasi va ikkita "Grad" jangovar texnikasini tashkil etdi.
Janubiy-Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" qo‘shinlari guruhining havo zarbalari, artilleriya o‘qlari DXRNing Velikaya Novoselka, Pavlovka, Vladmirovka va Zaporoje viloyatining Malinovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 185 nafar harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar mashinasi va to‘rtta boshqa texnikasi yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, Zaporojye viloyatidagi Preobrajenka va Chervona Krinitsa aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 65-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar omborlari yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida, kun davomida dushmanning 30 nafar harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar mashinasi va ikkita avtomashinasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 149 ta o‘q otish pozitsiyalarida joylashgan 103 ta artilleriya bo‘linmasi ishchi kuchi va texnikaga zarba berdi.
Zaporojye viloyatining Trudovoe qishlog‘i yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 33-mexanizatsiyalashgan brigadasi qo‘mondonlik punkti zarbaga uchradi.
DXRning Avdeyevka aholi punkti yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining "Skala" hujumchi otrayadi kuzatuv-boshqarish punkti yo‘q qilindi.
Havo mudofaa kuchlari so‘nggi 24 soat ichida AQShda ishlab chiqilgan HIMARS reaktiv tizimining 12 ta raketasini va Britaniyaning bitta uzoq masofali "Storm Shadov" qanotli raketalarini tutib oldi.
Bundan tashqari, LXRning Verxnekamenka, Zaliman, DXRning Pokrovskoe va Staromayorskoe aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 11 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina QKning jami 429 ta samolyoti, 235 ta vertoloti, 4390 ta uchuvchisiz apparati, 424 ta zenit-raketa tizimi, 9345 ta tanki va boshqa zirhli jangovar mashinalari, 1103 ta ko‘p martalik jangovar texnika tizimlari, 4946 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 10574 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0