https://oz.sputniknews.uz/20230531/belarus-rossiya-nato-dron-35550260.html
Belarus va Rossiya NATO dronlarini yo‘q qilish uchun kuchli “giperboloid” yaratmoqda
Belarus va Rossiya NATO dronlarini yo‘q qilish uchun kuchli “giperboloid” yaratmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina va boshqa qaynoq nuqtalarda uchuvchisiz havo vositalaridan faol foydalanish dronlarni maksimal masofada yo‘q qilishga mo‘ljallangan jangovar lazer... 31.05.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-05-31T22:40+0500
2023-05-31T22:40+0500
2023-06-01T11:48+0500
kolumnistlar
havo mudofaa tizimi
harbiy texnika
rossiya
belarus
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/19/35322751_0:129:3072:1857_1920x0_80_0_0_71e471a78150f0753387073bb1c32bb3.jpg
Belarus va Rossiya bu yuqori texnologiyali sohada yetakchilik qilmoqda. Katta kuchga ega jangovar lazerni Minsk LEMT ilmiy-texnika markazi bilan Moskva ilmiy-tadqiqot institutlarining Belarus va Rossiya mutaxassislari birgalikda ishlab chiqmoqda.O‘nlab kilometr masofada uchuvchisiz havo vositalarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan 100 kVt quvvatga ega lazer ikki yildan keyin tayyor bo‘lishi rejalashtirilgan. 2023-yilda esa ishlab chiquvchilar yaroqli prototipini taqdim etadi.Dastur amalga oshiriladiBelarusning LEMT tashkiloti mutaxassislari Yaqin Sharqdagi jangovar vaziyatda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan pastro quvvatli lazerni (30 kVt) yaratish tajribasiga ega. Mobil va statsionar versiyalardagi tizim 1500 metrgacha bo‘lgan masofada dushman dronlarini mustaqil ravishda topadi, aniqlik kiritadi, kuzatadi va zarba beradi.“Zadira” yangi avlod seriyali rus tizimi besh soniyada 5000 metr masofada dushman dronini jismonan yo‘q qilishga (yondirishga) qodir, bu Ukraina harbiy harakatlar teatrida 2022-yil bahorida isbotlangan. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi olti yil oldin “Zadira-16” jangovar kompleksini “yangi jismoniy tamoyillar asosida” ishlab chiqishga buyurtma bergan edi.Albatta, “Peresvet”ning kuchi atmosferadagi razvedka samolyotlari va dronlarni yo‘q qilish (yondirish) imkonini beradi.“Peresvet” havo mudofaa tizimining samarali elementi sifatida 2020-yil bahorida Suriyada muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan – lazer zarbasi bilan ko‘r bo‘lgan amerikalik “Tomagavka”lar nishon bilan optik aloqani yo‘qotdi va o‘zini o‘zi yo‘q qildi.“Peresvet”ni yanada takomillashtirish – lazer kuchini oshirish va vosita hajmini kichraytirishga qaratilgan. Jangovar lazer majmuasining aviatsiya va dengiz tashuvchilari bilan birlashtirish mantiqiy va istiqbolli ko‘rinadi.Imkoniyatlarning yanada kengaytirishUchuvchi vositalarni samarali yo‘q qilish uchun jangovar lazerning kuchi hujum qilingan obyektning masofasi, tezligi va tuzulmaviy xususiyatlariga mos kelishi kerak.Rossiya lazer qurollari keng imkoniyatlarga ega va doimiy ravishda qulayroq hajmga ega bo‘lish, harakatchanroq va kuchliroq bo‘lish uchun rivojlanmoqda. Buning uchun salmoqli ilmiy-texnik baza mavjud. Eng yangi majmualarni loyihalashda o‘tgan o‘n yilliklardagi tajriba hisobga olingan.Rossiya ilmiy va loyiha tashkilotlari yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida jangovar lazerlar bilan shug‘ullanadi. Aniqrog‘i, 1964-yildan beri, “Terra” kodi ostida raketaga qarshi dastur ishga tushirilgan paytdan boshlab shug‘ullanadi. Keyinchalik, 1970-yillarda, dushman kosmik kemalarini yo‘q qilish uchun “Skif-D” orbital stansiyasiga joylashtirishga jangovar lazer ishlab chiqildi.Ma’lumki, A-60 kompleksi 2009-yilda yerdan 1500 km balandlikdagi shartli nishonni muvaffaqiyatli urgan.So‘nggi yillarda faqat ikkita so‘nggi ishlanma – “Peresvet” va “Zadira” jamoatchilikka ma’lum bo‘ldi. Ehtimol, turli diapazon va quvvatga ega bo‘lgan rus lazer tizimlari ko‘proqdir.Orbital qiruvchi2018 yil bahorida Rossiya prezidenti Vladimir Putin lazer qurollarining alohida ahamiyatini ta’kidladi: “Bunday jangovar tizimlarning mavjudligi Rossiyaning xavfsizligini ta’minlash sohasidagi imkoniyatlarini, xususan, miqdorini oshiradi”.2018 yil kuzida AQSh ma’muriyati Rossiyaning koinotdagi “g‘ayrioddiy faolligi” – go‘yoki orbitaga harbiy lazerlarni joylashtirishidan xavotirga tushgan edi.E’tibor bering, dushman kosmik kemasini lazer nurlari bilan emas, balki orbitada manevr qilayotgan kamikadze sun’iy yo‘ldoshlari bilan yo‘q qilish texnologik jihatdan samaraliroq va osonroqdir. Bunday holat birinchi marta 1968-yil 1-noyabrda amalga oshirilgan, ammo bu butunlay boshqa voqea.Rossiya va Belarusiyadan tashqari, 100 kVt gacha bo‘lgan jangovar lazer tizimlarini yaratish bilan ko‘p davlatlar ham shug‘ullanmaydi. Isroil, Yaponiya va Xitoydan kelgan mutaxassislar bu borada boshqalardan ko‘ra ko‘proq oldinga siljishgan.AQSh va NATOda katta kuchga ega lazer tizimlari yo‘q. "Stryker" zirhli mashinasiga asoslangan 50 kVt quvvatga ega Amerikaning eng yaxshi qisqa masofali lazerli havo mudofaa tizimi tajribaviy prototip bo‘lib qolmoqda.Amerikalik mutaxassislar o‘nlab yillar davomida dengiz va havoda joylashgan jangovar lazerlarning loyihalari bilan shug‘ullanishgan, ammo ular seriyalab ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan quvvat va diapazonga ega bo‘la olmadi.
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/19/35322751_52:0:2783:2048_1920x0_80_0_0_0cc185b07afd8f914ccb0d456518ce5c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
kolumnistlar, havo mudofaa tizimi, harbiy texnika, rossiya, belarus
kolumnistlar, havo mudofaa tizimi, harbiy texnika, rossiya, belarus
Belarus va Rossiya NATO dronlarini yo‘q qilish uchun kuchli “giperboloid” yaratmoqda
22:40 31.05.2023 (yangilandi: 11:48 01.06.2023) Ukraina va boshqa qaynoq nuqtalarda uchuvchisiz havo vositalaridan faol foydalanish dronlarni maksimal masofada yo‘q qilishga mo‘ljallangan jangovar lazer tizimlarining rivojlanishini tezlashtiradi.
Belarus va Rossiya bu yuqori texnologiyali sohada yetakchilik qilmoqda. Katta kuchga ega jangovar lazerni Minsk LEMT ilmiy-texnika markazi bilan Moskva ilmiy-tadqiqot institutlarining Belarus va Rossiya mutaxassislari birgalikda ishlab chiqmoqda.
O‘nlab kilometr masofada uchuvchisiz havo vositalarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan 100 kVt quvvatga ega lazer ikki yildan keyin tayyor bo‘lishi rejalashtirilgan. 2023-yilda esa ishlab chiquvchilar yaroqli prototipini taqdim etadi.
Belarusning LEMT tashkiloti mutaxassislari Yaqin Sharqdagi jangovar vaziyatda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan pastro quvvatli lazerni (30 kVt) yaratish tajribasiga ega. Mobil va statsionar versiyalardagi tizim 1500 metrgacha bo‘lgan masofada dushman dronlarini mustaqil ravishda topadi, aniqlik kiritadi, kuzatadi va zarba beradi.
“Zadira” yangi avlod seriyali rus tizimi besh soniyada 5000 metr masofada dushman dronini jismonan yo‘q qilishga (yondirishga) qodir, bu Ukraina harbiy harakatlar teatrida 2022-yil bahorida isbotlangan. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi olti yil oldin “Zadira-16” jangovar kompleksini “yangi jismoniy tamoyillar asosida” ishlab chiqishga buyurtma bergan edi.
2017 yilda foydalanishga topshirilgan Rossiyaning “Peresvet” lazer majmuasi 2018-yil 1-dekabrdan beri jangovar yo‘lda ishga solinmoqda. 1500 km gacha balandlikdagi dushman sun’iy yo‘ldosh tizimlarini lazer zarbasi bilan ko‘r qilish (ishdan chiqarish) qobiliyatiga ega.
Albatta, “Peresvet”ning kuchi atmosferadagi razvedka samolyotlari va dronlarni yo‘q qilish (yondirish) imkonini beradi.
“Peresvet” havo mudofaa tizimining samarali elementi sifatida 2020-yil bahorida Suriyada muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan – lazer zarbasi bilan ko‘r bo‘lgan amerikalik “Tomagavka”lar nishon bilan optik aloqani yo‘qotdi va o‘zini o‘zi yo‘q qildi.
“Peresvet”ni yanada takomillashtirish – lazer kuchini oshirish va vosita hajmini kichraytirishga qaratilgan. Jangovar lazer majmuasining aviatsiya va dengiz tashuvchilari bilan birlashtirish mantiqiy va istiqbolli ko‘rinadi.
Imkoniyatlarning yanada kengaytirish
Uchuvchi vositalarni samarali yo‘q qilish uchun jangovar lazerning kuchi hujum qilingan obyektning masofasi, tezligi va tuzulmaviy xususiyatlariga mos kelishi kerak.
Rossiya lazer qurollari keng imkoniyatlarga ega va doimiy ravishda qulayroq hajmga ega bo‘lish, harakatchanroq va kuchliroq bo‘lish uchun rivojlanmoqda. Buning uchun salmoqli ilmiy-texnik baza mavjud. Eng yangi majmualarni loyihalashda o‘tgan o‘n yilliklardagi tajriba hisobga olingan.
Rossiya ilmiy va loyiha tashkilotlari yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida jangovar lazerlar bilan shug‘ullanadi. Aniqrog‘i, 1964-yildan beri, “Terra” kodi ostida raketaga qarshi dastur ishga tushirilgan paytdan boshlab shug‘ullanadi. Keyinchalik, 1970-yillarda, dushman kosmik kemalarini yo‘q qilish uchun “Skif-D” orbital stansiyasiga joylashtirishga jangovar lazer ishlab chiqildi.
Ma’lumki, 1987-yilda Yer orbitasiga gaz-dinamik lazerli 77 tonnalik “Skif-DM” tajribaviy platformasi chiqarilgan. Taxminan bir vaqtning o‘zida A-60 “Sokol-Eshelon” jangovar lazerli Il-76 harbiy transport samolyotlari qurildi.
Ma’lumki, A-60 kompleksi 2009-yilda yerdan 1500 km balandlikdagi shartli nishonni muvaffaqiyatli urgan.
So‘nggi yillarda faqat ikkita so‘nggi ishlanma – “Peresvet” va “Zadira” jamoatchilikka ma’lum bo‘ldi. Ehtimol, turli diapazon va quvvatga ega bo‘lgan rus lazer tizimlari ko‘proqdir.
2018 yil bahorida Rossiya prezidenti Vladimir Putin lazer qurollarining alohida ahamiyatini ta’kidladi: “Bunday jangovar tizimlarning mavjudligi Rossiyaning xavfsizligini ta’minlash sohasidagi imkoniyatlarini, xususan, miqdorini oshiradi”.
2018 yil kuzida AQSh ma’muriyati Rossiyaning koinotdagi “g‘ayrioddiy faolligi” – go‘yoki orbitaga harbiy lazerlarni joylashtirishidan xavotirga tushgan edi.
E’tibor bering, dushman kosmik kemasini lazer nurlari bilan emas, balki orbitada manevr qilayotgan kamikadze sun’iy yo‘ldoshlari bilan yo‘q qilish texnologik jihatdan samaraliroq va osonroqdir. Bunday holat birinchi marta 1968-yil 1-noyabrda amalga oshirilgan, ammo bu butunlay boshqa voqea.
Rossiya jangovar orbital lazerlarining, harbiy “inspektor sun’iy yo‘ldoshlari” yoki “sun’iy yo‘ldosh qiruvchilarining” zamonaviy mavjudligi G‘arbni jiddiy tashvishga solmoqda, ammo bu Moskva tomonidan rasman tasdiqlanmayapti.
Rossiya va Belarusiyadan tashqari, 100 kVt gacha bo‘lgan jangovar lazer tizimlarini yaratish bilan ko‘p davlatlar ham shug‘ullanmaydi. Isroil, Yaponiya va Xitoydan kelgan mutaxassislar bu borada boshqalardan ko‘ra ko‘proq oldinga siljishgan.
AQSh va NATOda katta kuchga ega lazer tizimlari yo‘q. "Stryker" zirhli mashinasiga asoslangan 50 kVt quvvatga ega Amerikaning eng yaxshi qisqa masofali lazerli havo mudofaa tizimi tajribaviy prototip bo‘lib qolmoqda.
Amerikalik mutaxassislar o‘nlab yillar davomida dengiz va havoda joylashgan jangovar lazerlarning loyihalari bilan shug‘ullanishgan, ammo ular seriyalab ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan quvvat va diapazonga ega bo‘la olmadi.