Balida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi giyohvand moddalar savdosida gumonlanib hibsga olindi

© © RIA Novosti / Pavel BednyakovSotrudnik politsii na Bali. Arxivnoe foto
Sotrudnik politsii na Bali. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2023
Obuna bo‘lish
Politsiya xodimlari 1678 gramm marixuana, 67 gramm gashish va uchta pnevmatik qurol ko‘rinishidagi dalillarni musodara qilgan.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Indoneziyaning Bali oroli politsiyasi xalqaro narkotik savdosi bilan shug‘ullanuvchilar tarmog‘ini fosh etgani, Rossiya va O‘zbekistonning bir necha fuqarolari hibsga olinganini ma’lum qildi.
Indoneziyaning “Kompas” portali hibsga olinganlarning umumiy sonidan ikki nafar rossiyalik - Denis Komarov va Denis Romanov hamda ikki nafar o‘zbekistonlik - Azamat Babniyazov va Magomed Hamidovlarning ismlarini keltirgan. Hibsga olingan xorijliklarning aniq soni aytilmagan.

“Politsiya xodimlari 1678 gramm marixuana, 67 gramm gashish va uchta pnevmatik qurol ko‘rinishidagi dalillarni musodara qildi. Azamat Babniyazov Denis Romanovdan ko‘rsatma olganini va ularga buyurtma bergan xorijliklarga giyohvand moddalar yetkazib berganini tan oldi”, — deyilgan xabarda.

Keyinroq o‘zbekistonlik Hamidov Badung okrugi, Kerobokan tumanidagi villalardan birida politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Politsiya xodimlari qo‘lga olingan shaxsdan marixuana, gashish va kokainni musodara qilgan.
Ta’kidlanishicha, Hamidov Komarovdan giyohvand moddalarni olgan, degan gumon bor. So‘roq paytida Komarov ham, Romanov ham boshqa gumonlanuvchilarga tovar sotganliklarini tan olishmagan. Tergov davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0