Xitoy AQShning mudofaa vazirlari uchrashuvi haqidagi taklifini rad etdi — OAV

© AP Photo / Andy WongFlagi SShA i Kitaya
Flagi SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2023
Obuna bo‘lish
Xitoy AQShning Singapurda mudofaa vazirlari uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha taklifini rad etdi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Xitoy AQShning Singapurdagi “Shangri-La dialogi” mintaqaviy xavfsizlik forumi doirasida mudofaa vazirlari uchrashuvini o‘tkazish taklifini rad etdi. Bu haqda RIA Novosti "The Wall Street Journal" nashriga tayanib xabar berdi.

“Kechasi XXR Qo‘shma Shtatlarga Xitoy tomoni mudofaa vaziri Lloyd Ostin tomonidan shu hafta Singapurda mudofaa vaziri Li Shanfu bilan uchrashish uchun may oyi boshida yuborilgan taklifni rad etgani haqida ma’lum qildi”, - deyiladi xabarda.

May oyi o‘rtalarida Ostin 2-4 iyun kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan forum doirasida xitoylik hamkasbi Li Shanfu bilan uchrashish imkoniyatiga umid qilayotganini aytgan edi.
Yangiliklar lentasi
0