Sirdaryoda qayiqda maktabga qatnagan qiz eshkak eshish yo‘nalishida o‘qishini davom ettiradi

© Press-slujba xokimiyata Sirdarinskoy oblastiDevochka, dobiravshayasya na lodke v shkolu v Sirdarye, budet obuchatsya akademicheskoy greble
Devochka, dobiravshayasya na lodke v shkolu v Sirdarye, budet obuchatsya akademicheskoy greble - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2023
Obuna bo‘lish
Sirdaryo viloyatida maktabga borish uchun daroni qayiqda kechib o‘tadigan qiz sentabrdan o‘qishni Gulistondagi sport maktabida davom ettiradi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Sirdaryo viloyatida qayiqda daryo kechib maktabga qatnaydigan qiz o‘qishini sport markazida davom ettiradi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Endilikda qizaloq har kuni daroni kechib maktabga bormaydi. Viloyat hokimining taklifiga ko‘ra qahramonimiz yangi o‘quv yilidan boshlab Guliston Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida akademik eshkak eshish yo‘nalishida o‘qishni davom ettiradigan bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.
U markazda yotoqxona va 4 mahal bepul ovqat bilan ta’minlanadi. Shuningdek, bo‘sh vaqtlarida unga "Yoshlar markazi"da dasturlash hamda IT-sohasini o‘rganishi uchun sharoit yaratib beriladi.
O‘tgan yil dekabrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Sirdaryo viloyatida Zamira To‘ychiyeva ismli yosh qizaloq maktabdan qaytishda darodan qayiq orqali suzib o‘tayotgani aks etgan video ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Shundan so‘ng Sirdaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmal Mahmudaliyev qizning onasi bilan uchrashgandi. Shuningdek, hokimning tegishli ko‘rsatmasi bilan hokimiyat mas’ullari, viloyat FVB boshlig‘i, Bekobod tumani hokimi hamda mutasaddi tashkilotlar qizning xonadonida bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0