Senatning navbatdagi yalpi majlisi 1-iyun kuni bo‘lib o‘tadi

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaPlanernoe zasedanie Senata Oliy Majlisa
Planernoe zasedanie  Senata Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2023
Obuna bo‘lish
Senatorlar 1-2-iyun kunlari 10 ga yaqin qonunlarni ko‘rib chiqishadi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Oliy Majlis Senatining qirq birinchi yalpi majlisi 1-iyun kuni soat 10:00 da o‘z ishini boshlaydi.
Yalpi majlis videokonferensaloqa tarzida joriy yilning 1-2-iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muhokama etiladigan masalalar:
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi;
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi;
“Ayrim qonun hujjatlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
“Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi;
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar.
Shu bilan birga Markaziy bankining 2022-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshtiladi.
Yangiliklar lentasi
0