https://oz.sputniknews.uz/20230530/ozlidep-prezident-nomzod-dastur-35484998.html
O‘zLiDeP O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi
O‘zLiDeP O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zLiDePdan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida 5 ta eng asosiy yo‘nalishga e’tibor qaratishini ta’kidladi.
2023-05-30T18:22+0500
2023-05-30T18:22+0500
2023-05-30T18:35+0500
o‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
siyosat
o‘zbekiston
o‘zbekistonda prezident saylovi
o‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi (o‘zlidep)
"milliy tiklanish" dp
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/1e/35518099_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_09042c863c95b3c6d5ab7c718f4fb6ba.jpg
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP)ning XI syezdida Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Syezdda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan delegatlar qatnashdi.Syezdda shu yilning 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovida O'zLiDePning ishtiroki va saylovda partiyadan ko‘rsatiladigan nomzod masalasi muhokama qilindi.Syezdda O‘zbekiston prezidenti lavozimiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’ruza qildi.Dastur beshta maqsadni qamrab olgan: birinchi maqsad – “har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratish”dan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun maktabgacha va maktab ta’limini yuqori bosqichga olib chiqish bo‘yicha yangi dasturlarni amalga oshirish, 2030-yilgacha maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qoplab, qamrovni 100 foizga yetkazish, ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun bog‘cha xarajatlarini davlat tomonidan to‘liq qoplab berish kabi takliflar ilgari surilmoqda.Ushbu yo‘nalishda maktablarda qo‘shimcha 2,5 million o‘quvchi o‘rni yaratish, “Yiliga besh yuz ming o‘quvchi o‘rni” dasturini amalga oshirish, xususiy ta’limga qo‘shimcha yengilliklar berish, chekka hududlarda maktab avtobuslarini bepul yo‘lga qo‘yish, barcha tuman va shaharlarda “Iste’dod – Intilish – Istiqbol” maktab-internatlarini tashkil etish kabi muhim masalalar ham qamrab olingan.Shu bilan birga nomzod o‘rtacha umr davomiyligini 73 yoshdan 78 yoshga yetkazish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni davom ettirish, gepatit S kasalligini to‘liq davlat hisobidan davolash, aholiga “kafolatlangan tibbiy paket”ni bepul taqdim etish, o‘zak hujayralari transplantatsiyasini yo‘lga qo‘yilib, ehtiyojmand oilalar farzandlariga bunday muolaja xarajatlari davlat hisobidan to‘liq qoplab berish, sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish va tibbiy sug‘urta tizimini joriy qilishni taklif qilmoqda.Shuningdek, nomzod tomonidan Ijtimoiy xizmatlar sohasini qayta ko‘rib chiqish, har bir mahallada professional ijtimoiy xodimlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tumanlarda ijtimoiy xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatadigan ijtimoiy himoya markazlarini tashkil etish, tug‘ruq ta’tilidagi ayollar uchun onlayn ishlash tizimi, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizimni joriy etish hamda bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligini tashkil etish taklifi ilgari surildi.Dasturdan tashqi mehnat migratsiyasi tizimini to‘liq isloh qilish, xorijga ishlash uchun borayotgan fuqarolarni kasbga va chet tillariga o‘qitish ko‘lamini kengaytirish, shuningdek, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash maqsadida qo‘shimcha 1 million xonadonli uy-joy qurish, quruvchilarga va xalqqa arzon va uzoq muddatli kreditlar taqdim etish kabi masalalar o‘rin olgan.Dasturning ikkinchi maqsadi – “Odamlarni hayotdan rozi qilish uchun barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash”dan iborat. Ushbu yo‘nalishda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmini hozirgi 2 ming 200 dollardan 4 ming dollarga oshirib, mamlakatimizni “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kiritish, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish, Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish, eksport hajmini 2 barobarga oshirib, 45 milliard dollarga yetkazish kabi vazifalar belgilab olingan.Mazkur yo‘nalishda qayta tiklanuvchi energiyadan keng foydalanishni jadallashtirish, xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari 25 ming mega-vattga, ularning jami quvvatlardagi ulushini 14 foizdan 40 foizga yetkazish choralari nazarda tutilgan.Dasturda barcha aholi punktlari toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, barcha qishloq va mahallalarni Internet bilan to‘liq qamrab olish va Internet tezligini 10 karraga oshirish belgilangan.Shuningdek, xususiy sektor ulushini oshirish, monopol sohalarni bozor tamoyillariga o‘tkazishni izchil davom ettirish, temir yo‘l xizmatlari, avtomobil yo‘llarini qurish va boshqarish, gaz va elektr yetkazib berishni xususiy sektorga o‘tkazish, davlat ulushi mavjud korxonalar soni 6 barobarga kamaytirish va iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini 85 foizga yetkazish masalalari nazarda tutilgan.Dasturda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga erkin faoliyat yuritishi uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlarni davom ettirish nazarda tutilgan. Xususan, biznes uchun qo‘shilgan qiymat, foyda, aylanma va mol-mulk soliq stavkalari oshirilmasligini qat’iy kafolatlash ko‘zda tutilmoqda.Dasturning uchinchi maqsadi – “Suv resurslarini tejash va atrof muhitni muhofaza qilish”ga qaratilgan. Xususan, 2030-yilga qadar ekin maydonlarini to‘liq suv tejaydigan texnologiyalarga o‘tkazish, sohaga bozor mexanizmlarini olib kirish, suv tejaydigan texnologiyani joriy etgan fermer va dehqonlar uchun rag‘batlantirish mexanizmlarini yanada ko‘paytirish choralari ko‘riladi.Shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasidagi o‘rmonzorlarni kelgusi yetti yilda 1,6 mln dan 2,3 mln gektarga, respublikada ko‘kalamzorlik darajasini 30 foizga yetkazish, yangi uy-joy qurishda pudratchilarga “yashil hudud” va avtoturargoh bo‘lishi haqida talabni qo‘yish, aholini qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash xizmatlari bilan 100 foiz qamrab olish nazarda tutilgan.To‘rtinchi maqsad – “Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish”dan iborat. Bu borada davlat xizmatlarini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, ayrim soliqlarni bevosita mahallaga yo‘naltirish kabi choralar nazarda tutilmoqda.Dasturda qonun ustuvorligi ta’minlash, sud mustaqilligi va odilligini oshirishga qaratilgan bir qator takliflar nazarda tutilgan. Xususan:–sud-tergov jarayonlarida holislik va adolatni ta’minlash maqsadida tergovda huquqni cheklashga doir sanksiyalar alohida sudyalar tomonidan berilishi bo‘yicha tartibni o‘rnatish;–fuqarolarni “qamoqqa olib tergov qilish” amaliyotini kamaytirish va buning o‘rniga garov ehtiyot chorasidan keng foydalanish imkoniyatini yaratish, shuningdek mazkur masalada sudlarga murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish;–jinoyat sodir qilgan shaxslarni ular kelgusida tuzalish yo‘liga o‘tishi uchun muqobil jazo turlarini kengaytirish, tadbirkorlar uchun jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirish hamda Biznes ombudsman va Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorni tergov-sud jarayonida himoya qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etish masalalari inobatga olingan.Beshinchi maqsad – “Yangi O‘zbekiston xavfsiz va tinchliksevar davlat”. Ushbu yo‘nalishda Markaziy Osiyoda turli yo‘nalishlar, ayniqsa, suv resurslaridan oqilona foydalanish, transport yo‘laklarini rivojlantirish borasidagi amaliy hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlab, mamlakat taraqqiyotida faol ishtirok etishlari uchun ularga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish bo‘yicha tizimli choralarni ko‘rish taklif etilmoqda.Dasturda mamlakat Qurolli kuchlarining qudrati, mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida Milliy armiyani 2030-yilga qadar eng zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlash bo‘yicha tashabbuslar ilgari surilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/1e/35518099_214:1:1081:651_1920x0_80_0_0_bf9d4c3c7e94dcef113196f8234dbe36.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zlidep o‘zbekiston prezidentligiga nomzod shavkat mirziyoyev saylovoldi dasturi o‘zbekistonda prezident saylovi 2023 saylov ma’lumot
o‘zlidep o‘zbekiston prezidentligiga nomzod shavkat mirziyoyev saylovoldi dasturi o‘zbekistonda prezident saylovi 2023 saylov ma’lumot
O‘zLiDeP O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi
18:22 30.05.2023 (yangilandi: 18:35 30.05.2023) O‘zLiDePning XI syezdida saylovda partiyadan ko‘rsatiladigan nomzod masalasi muhokama qilindi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP)ning XI syezdida Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Syezdda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan delegatlar qatnashdi.
Syezdda shu yilning 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovida O'zLiDePning ishtiroki va saylovda partiyadan ko‘rsatiladigan nomzod masalasi muhokama qilindi.
"Syezd delegatlari Shavkat Mirziyoyev nomzodini bo‘lajak saylovda partiya nomidan ko‘rsatish to‘g‘risida yakdillik bilan qaror qabul qilishdi", - deyilgan xabarda
Syezdda O‘zbekiston prezidenti lavozimiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’ruza qildi.
Dastur beshta maqsadni qamrab olgan: birinchi maqsad – “har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratish”dan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun maktabgacha va maktab ta’limini yuqori bosqichga olib chiqish bo‘yicha yangi dasturlarni amalga oshirish, 2030-yilgacha maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qoplab, qamrovni 100 foizga yetkazish, ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun bog‘cha xarajatlarini davlat tomonidan to‘liq qoplab berish kabi takliflar ilgari surilmoqda.
Ushbu yo‘nalishda maktablarda qo‘shimcha 2,5 million o‘quvchi o‘rni yaratish, “Yiliga besh yuz ming o‘quvchi o‘rni” dasturini amalga oshirish, xususiy ta’limga qo‘shimcha yengilliklar berish, chekka hududlarda maktab avtobuslarini bepul yo‘lga qo‘yish, barcha tuman va shaharlarda “Iste’dod – Intilish – Istiqbol” maktab-internatlarini tashkil etish kabi muhim masalalar ham qamrab olingan.
Shu bilan birga nomzod o‘rtacha umr davomiyligini 73 yoshdan 78 yoshga yetkazish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni davom ettirish, gepatit S kasalligini to‘liq davlat hisobidan davolash, aholiga “kafolatlangan tibbiy paket”ni bepul taqdim etish, o‘zak hujayralari transplantatsiyasini yo‘lga qo‘yilib, ehtiyojmand oilalar farzandlariga bunday muolaja xarajatlari davlat hisobidan to‘liq qoplab berish, sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish va tibbiy sug‘urta tizimini joriy qilishni taklif qilmoqda.
Shuningdek, nomzod tomonidan Ijtimoiy xizmatlar sohasini qayta ko‘rib chiqish, har bir mahallada professional ijtimoiy xodimlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tumanlarda ijtimoiy xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatadigan ijtimoiy himoya markazlarini tashkil etish, tug‘ruq ta’tilidagi ayollar uchun onlayn ishlash tizimi, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizimni joriy etish hamda bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligini tashkil etish taklifi ilgari surildi.
Dasturdan tashqi mehnat migratsiyasi tizimini to‘liq isloh qilish, xorijga ishlash uchun borayotgan fuqarolarni kasbga va chet tillariga o‘qitish ko‘lamini kengaytirish, shuningdek, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash maqsadida qo‘shimcha 1 million xonadonli uy-joy qurish, quruvchilarga va xalqqa arzon va uzoq muddatli kreditlar taqdim etish kabi masalalar o‘rin olgan.
Dasturning ikkinchi maqsadi – “Odamlarni hayotdan rozi qilish uchun barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash”dan iborat. Ushbu yo‘nalishda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmini hozirgi 2 ming 200 dollardan 4 ming dollarga oshirib, mamlakatimizni “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kiritish, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish, Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish, eksport hajmini 2 barobarga oshirib, 45 milliard dollarga yetkazish kabi vazifalar belgilab olingan.
Mazkur yo‘nalishda qayta tiklanuvchi energiyadan keng foydalanishni jadallashtirish, xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari 25 ming mega-vattga, ularning jami quvvatlardagi ulushini 14 foizdan 40 foizga yetkazish choralari nazarda tutilgan.
Dasturda barcha aholi punktlari toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, barcha qishloq va mahallalarni Internet bilan to‘liq qamrab olish va Internet tezligini 10 karraga oshirish belgilangan.
Shuningdek, xususiy sektor ulushini oshirish, monopol sohalarni bozor tamoyillariga o‘tkazishni izchil davom ettirish, temir yo‘l xizmatlari, avtomobil yo‘llarini qurish va boshqarish, gaz va elektr yetkazib berishni xususiy sektorga o‘tkazish, davlat ulushi mavjud korxonalar soni 6 barobarga kamaytirish va iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini 85 foizga yetkazish masalalari nazarda tutilgan.
Dasturda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga erkin faoliyat yuritishi uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlarni davom ettirish nazarda tutilgan. Xususan, biznes uchun qo‘shilgan qiymat, foyda, aylanma va mol-mulk soliq stavkalari oshirilmasligini qat’iy kafolatlash ko‘zda tutilmoqda.
Dasturning uchinchi maqsadi – “Suv resurslarini tejash va atrof muhitni muhofaza qilish”ga qaratilgan. Xususan, 2030-yilga qadar ekin maydonlarini to‘liq suv tejaydigan texnologiyalarga o‘tkazish, sohaga bozor mexanizmlarini olib kirish, suv tejaydigan texnologiyani joriy etgan fermer va dehqonlar uchun rag‘batlantirish mexanizmlarini yanada ko‘paytirish choralari ko‘riladi.
Shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasidagi o‘rmonzorlarni kelgusi yetti yilda 1,6 mln dan 2,3 mln gektarga, respublikada ko‘kalamzorlik darajasini 30 foizga yetkazish, yangi uy-joy qurishda pudratchilarga “yashil hudud” va avtoturargoh bo‘lishi haqida talabni qo‘yish, aholini qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash xizmatlari bilan 100 foiz qamrab olish nazarda tutilgan.
To‘rtinchi maqsad – “Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish”dan iborat. Bu borada davlat xizmatlarini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, ayrim soliqlarni bevosita mahallaga yo‘naltirish kabi choralar nazarda tutilmoqda.
Dasturda qonun ustuvorligi ta’minlash, sud mustaqilligi va odilligini oshirishga qaratilgan bir qator takliflar nazarda tutilgan. Xususan:
–sud-tergov jarayonlarida holislik va adolatni ta’minlash maqsadida tergovda huquqni cheklashga doir sanksiyalar alohida sudyalar tomonidan berilishi bo‘yicha tartibni o‘rnatish;
–fuqarolarni “qamoqqa olib tergov qilish” amaliyotini kamaytirish va buning o‘rniga garov ehtiyot chorasidan keng foydalanish imkoniyatini yaratish, shuningdek mazkur masalada sudlarga murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish;
–jinoyat sodir qilgan shaxslarni ular kelgusida tuzalish yo‘liga o‘tishi uchun muqobil jazo turlarini kengaytirish, tadbirkorlar uchun jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirish hamda Biznes ombudsman va Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorni tergov-sud jarayonida himoya qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etish masalalari inobatga olingan.
Beshinchi maqsad – “Yangi O‘zbekiston xavfsiz va tinchliksevar davlat”. Ushbu yo‘nalishda Markaziy Osiyoda turli yo‘nalishlar, ayniqsa, suv resurslaridan oqilona foydalanish, transport yo‘laklarini rivojlantirish borasidagi amaliy hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlab, mamlakat taraqqiyotida faol ishtirok etishlari uchun ularga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish bo‘yicha tizimli choralarni ko‘rish taklif etilmoqda.
Dasturda mamlakat Qurolli kuchlarining qudrati, mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida Milliy armiyani 2030-yilga qadar eng zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlash bo‘yicha tashabbuslar ilgari surilmoqda.