O‘zbekistonlik chavandozlar Moskvadagi turnirda sovrindorlar qatoridan joy olishdi

© NOKOtechestvennie vsadniki zanyali prizovie mesta na prestijnom turnire v Moskve
Otechestvennie vsadniki zanyali prizovie mesta na prestijnom turnire v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2023
Obuna bo‘lish
“Jump&Drive” dasturini o‘z ichiga olgan 11-yo‘nalish o‘zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Joriy yilning 26-28 may kunlari Moskva shahrida konkur bo‘yicha “Bit River” turniri o‘tkazildi. Uchinchi bor o‘tkazilgan musobaqada o‘zbekistonlik chavandozlar muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
“Jump&Drive” dasturini o‘z ichiga olgan 11-yo‘nalish o‘zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Bellashuvlarda Xurshidbek Alimjonov bilan tandem hosil qilgan O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev 120 sm to‘siqlardan o‘tish bahslarida eng yaxshi natijani qayd etdi.
145 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida esa A’zam Tolibboyev ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. “Bazart De Ruet” laqabli tulporda harakat qilgan sportchi faqatgina rossiyalik Vasilisa Yerostovoydan orta qoldi.
Yangiliklar lentasi
0