“Toza havo” oyligi yakunlari sarhisob qilindi

© SputnikDorojnie znaki
Dorojnie znaki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2023
Obuna bo‘lish
Respublikada “Toza havo” oyligi o‘tkazildi. Unda 92,8 tonna ifloslantiruvchi modda atmosfera havosiga chiqarilishining oldi olindi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Respublikada 10-apreldan 10-mayga qadar “Toza havo” oyligi o‘tkazildi, deya xabar berdi Tabiat resurslari vazirligi Sputnik muxbiriga.
Oylikning 1-bosqichida jami 161 537 ta avtotransport vositasi qamrab olindi. Shundan 153 761 tasi toksiklik darajasi, 7 776 tasi esa tutun qalinligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazildi.

"Tekshiruvlar davomida avtotransport vositalarining 4 326 tasi, ya’ni 2,7 foizida ishlatilgan gazlarining ifloslantiruvchi moddalari miqdori o‘rnatilgan meyorlardan yuqori ekanligi aniqlandi", - deyiladi xabarda.

Toshkent shahrida 11 078 ta avtotransport vositasi tekshirilib, ularning 408 tasi yoki 2.7 foizida atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli gazlar miqdori meyordan ortiq ekanligi aniqlandi.
Tadbir davomida ishlatilgan gazlarda ifloslantiruvchi moddalar davlat standartlarining belgilangan normalarini qo‘pol ravishda buzgan 1 549 ta avtotransport haydovchisiga nisbatan 246 million 225 ming so‘m jarima qo‘llanildi hamda 1 525 tasining harakati vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yildi.
Oylik davomida avtotransport vositalarining ishlatilgan gazlarining ifloslantiruvchi moddalari miqdori o‘rnatilgan meyorlardan yuqorilik darajasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaygani kuzatildi.
Mazkur tadbir davomida jami 92,8 tonna ifloslantiruvchi modda atmosfera havosiga chiqarilishining oldi olingan.
“Toza havo” oyligining ikkinchi bosqichi sentabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Toshkentda mashinalarning zararliligi qanday tekshiriladi? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2023
Avtomobillar chiqindi gazlarining zaharlilik darajasi qanday tekshirilmoqda — video
Yangiliklar lentasi
0