https://oz.sputniknews.uz/20230530/ozbekiston-paxta-import-qiluvchi-davlatga-aylandi-35507158.html
O‘zbekiston paxta import qiluvchi davlatga aylandi — Narbayeva
O‘zbekiston paxta import qiluvchi davlatga aylandi — Narbayeva
Sputnik O‘zbekiston
Qayta ishlash sanoati rivojanishi natijasida, O‘zbekiston paxta eksport qiluvchi davlatdan uning importoriga aylandi.
2023-05-30T15:17+0500
2023-05-30T15:17+0500
2023-05-30T15:24+0500
iqtisod
toshkent
paxta
to‘qimachilik
tanzila norboyeva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/1b/25698639_0:122:2338:1437_1920x0_80_0_0_048f222eef6eb85ab9bce5710e253fd7.png
TOShKENT, 30-may – Sputnik. 2022-yilda O‘zbekiston 3,2 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi, dedi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Toshkent to‘qimachilik forumida. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar bermoqda.Senat raisi bugungi kunda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining jadal rivojlanishi natijasida paxta eksport qiluvchi davlatdan paxta import qiluvchi davlatga aylanganini ta’kidladi.Narbayeva, shuningdek, bugungi kunda O‘zbekiston o‘z mahsulotlarini 70 dan ortiq davlatga eksport qilayotganini qo‘shimcha qildi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi 3,2 milliard dollarni tashkil etib, 14,5 foizga oshgan. Shu bilan birga, 2022-yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistondan to‘qimachilik mahsulotlari importi bo‘yicha Rossiya yetakchi bo‘ldi – 454,6 million dollar, Turkiya va Xitoy mos ravishda 278,6 million dollar va 193,7 million dollar.O‘zbekiston Xitoy, Turkiya, Ozarbayjon va Janubiy Koreya bilan bir qatorda Rossiyaga to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib beruvchi beshta asosiy davlatdan biridir. Rossiyada O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarining 44 ta savdo uyi mavjud.Ayni paytda 250 ta to‘qimachilik korxonasi o‘z mahsulotlarini Rossiya bozoriga yetkazib bermoqda. Bundan tashqari, O‘zbekistonda o‘nlab multibrendli to‘qimachilik do‘konlarini tashkil etish ham rejalashtirilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/1b/25698639_399:98:1987:1289_1920x0_80_0_0_d6ff15257bda70d77723bd9197dab531.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston paxta sanota xom-ashyo to‘qimachilik eksport import toshkent ko‘rgazma formu narbayeva
o‘zbekiston paxta sanota xom-ashyo to‘qimachilik eksport import toshkent ko‘rgazma formu narbayeva
O‘zbekiston paxta import qiluvchi davlatga aylandi — Narbayeva
15:17 30.05.2023 (yangilandi: 15:24 30.05.2023) To‘qimachilik sanoati va tayyor mahsulot ishlab chiqarish rivojanishi natijasida, O‘zbekiston paxta xom-ashyosini eksport qiluvchi davlatdan uning importoriga aylandi.
TOShKENT, 30-may – Sputnik. 2022-yilda O‘zbekiston 3,2 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi, dedi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Toshkent to‘qimachilik forumida. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar bermoqda.
Senat raisi bugungi kunda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining jadal rivojlanishi natijasida paxta eksport qiluvchi davlatdan paxta import qiluvchi davlatga aylanganini ta’kidladi.
“O‘zbekiston brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti geografiyasi va hajmi kengaymoqda. Bugungi kunda to‘qimachilik sanoatining respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2022-yilda 9 %dan oshgan.150 dan ortiq korxonada 1 million tonnadan ortiq paxta tolasi qayta ishlanmoqda", — dedi Narbayeva.
Narbayeva, shuningdek, bugungi kunda O‘zbekiston o‘z mahsulotlarini 70 dan ortiq davlatga eksport qilayotganini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi 3,2 milliard dollarni tashkil etib, 14,5 foizga oshgan.
Shu bilan birga, 2022-yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistondan to‘qimachilik mahsulotlari importi bo‘yicha Rossiya yetakchi bo‘ldi – 454,6 million dollar, Turkiya va Xitoy mos ravishda 278,6 million dollar va 193,7 million dollar.
O‘zbekiston Xitoy, Turkiya, Ozarbayjon va Janubiy Koreya bilan bir qatorda Rossiyaga to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib beruvchi beshta asosiy davlatdan biridir. Rossiyada O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarining 44 ta savdo uyi mavjud.
Ayni paytda 250 ta to‘qimachilik korxonasi o‘z mahsulotlarini Rossiya bozoriga yetkazib bermoqda. Bundan tashqari, O‘zbekistonda o‘nlab multibrendli to‘qimachilik do‘konlarini tashkil etish ham rejalashtirilmoqda.