Endi o‘zbek gilosi Malayziyaning yirik savdo tarmoqlari orqali ham sotiladi

Chereshnya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning ikkita eksportor korxonalari Malayziya kompaniyalariga gilos yetkazib bermoqda.
TOShKENT, 30-may - Sputnik. Endi yangi uzilgan o‘zbek gilosi Malayziyaning yirik savdo tarmoqlari va onlayn platforma orqali sotiladi, deb xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekistonda yetishtirilgan gilosning navbatdagi partiyasi Malayziyaga yetkazildi. Mahsulot O‘zbekistonning "Gold Dried Fruits" MChJ hamda "Hamd Business Networks" MChJ eksportor korxonalari tomonidan Malayziyaning "Zarandah Global Sdn Bhd" va "Izdihar Souk Sdn Bhd" kompaniyalariga yetkazib berilmoqda.

"O‘zbek gilosi Malayziyaning yirik savdo tarmoqlari va "Snackspot" onlayn platformasi orqali sotiladi", - deyiladi xabarda.

O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi Malayziyaning importor kompaniyalari bilan ushbu mamlakat bozorlarida sotiladigan milliy mahsulotlar nomenklaturasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-iyun oylarida 14 ta davlatga qiymati 33,3 mln dollarga teng bo‘lgan 25,4 ming tonna gilos eksport qilgan.
Yangiliklar lentasi
0