Moskvada ko‘p qavatli uylarga dronlar hujum qildi — video

© Sputnik / Aleksey Nikolskyi / Mediabankka o‘tishRazbitoe okno jilogo doma, postradavshego v rezultate ataki bespilotnika, na ulitse Profsoyuznaya v Moskve
Razbitoe okno jilogo doma, postradavshego v rezultate ataki bespilotnika, na ulitse Profsoyuznaya v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2023
Obuna bo‘lish
FVV: Moskvaning Novomoskovskiy okrugi va Profsoyuznaya ko‘chasidagi uylarga dronlar borib urildi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Dronlar Moskvadagi ikkita ko‘p qavatli uyga borib urildi: Profsoyuznaya ko‘chasida, ikkinchisi Novaya Moskvadagi Atlasova ko‘chasi, hech kim jabrlanmadi, deb xabar berdi RIA Novosti agentligiga favqulodda xizmatlar vakili.
"Dron Profsoyuznaya ko‘chasi, 98-uyning yuqori qavatlariga borib urildi. Uyning fasadi va oynalari singan. Jabrlanganlar yo‘q", - dedi agentlik suhbatdoshi.
Xuddi shunday holat Novomoskovsk ma’muriy okrugidagi Atlasova ko‘chasidagi 24 qavatli ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan.
"Fasad va yuqori qavat oynalari vayron bo‘lgan. Jabrlanganlar yo‘q", — deya qo‘shimcha qilgan manba.
Bundan tashqari, RIA Novostining Krasnogorskdagi (Pavshinskaya Poyma) muxbiri portlash ovozini eshitdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tovush momaqaldiroq tovushiga o‘xshardi.
Boshqa bir muxbirning so‘zlariga ko‘ra, pilotsiz uchar apparati Lenin xiyobonidagi uyga urilgan, u yerga tez yordam xizmati yetib kelgan va aholi ko‘chaga chiqishmoqda.
Moskva meri Sergey Sobanin odamlarni faqat rasmiy manbalarga ishonishga va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, pilotsiz uchar qurilmalar hujumi natijasida jiddiy jarohatlar bo‘lmagan.
Merning qo‘shimcha qilishicha, barcha favqulodda xizmatlar voqea joyida bo‘lib, ular ishlayotgan vaqt davomida ikki uyning bir nechta kirish joyi aholisi evakuatsiya qilingan.
O‘z navbatida, Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov havo hujumidan mudofaa vositalari mintaqada bir nechta dronlarni urib tushirganini aytdi. U hudud aholisini xotirjamlikka chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0