Mirziyoyev shu hafta Qirg‘izistonga boradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev. Arxivnoe foto
Shavkat Mirziyoyev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2023
Shavkat Mirziyoyev. Arxivnoe foto
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Cho‘lpon-Otada 2-iyun kuni “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu hafta Qirg‘izistonga boradi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston hukumati raisi o‘rinbosari va Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel ham Qirg‘izistonga safar qiladi.
“Cho‘lpon-Otada 2-iyun kuni “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, sammitda Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Yangiliklar lentasi
0