https://oz.sputniknews.uz/20230530/kiev-yoqotishlari-garb-qurol-yaroglari-shoygu-35509102.html
Kiyev yo‘qotishlari va yakson qilingan G‘arb qurol-yarog‘lari: Shoyguning asosiy bayonotlari
Kiyev yo‘qotishlari va yakson qilingan G‘arb qurol-yarog‘lari: Shoyguning asosiy bayonotlari
Sputnik O‘zbekiston
Ukrainaga G‘arb qurol-yarog‘larining yetkazib berilishi faqat jangovar xatti-harakatlarni cho‘zadi, biroq maxsus harbiy operatsiya natijalariga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari Sergey Shoygu selektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
2023-05-30T16:32+0500
2023-05-30T16:32+0500
2023-05-30T16:32+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
ukraina
sergey shoygu
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34380118_0:0:2800:1575_1920x0_80_0_0_ab7fbecfbf6cd515110126be4ab6361e.jpg
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Ukrainaga G‘arb qurol-yarog‘larining yetkazib berilishi faqat jangovar xatti-harakatlarni cho‘zadi, biroq maxsus harbiy operatsiya natijalariga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari Sergey Shoygu selektor yig‘ilishida ma’lum qildi.Kiyev yo‘qotishlariMay oyida Kiyev 16 mingdan ziyod kishi, 400 tadan ziyod tank va boshqa zirhli jangovar mashina va 238 ta artilleriya quroli va minomotni yo‘qotdi.Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina aviatsiya yo‘qotishlari keskin oshgan: aprel oyida 8 ta samolyot va 277 ta uchuvchisiz uchar qurilma urib tushirilgan bo‘lsa, may oyida esa Rossiya armiyasi dushmanning 16 ta samolyoti va 5 ta vertoloti hamda 466 ta uchuvchisiz uchar qurilmasini yo‘q qilgan.Bundan tashqari, Rossiya harbiylari HIMARS zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizimining 196 ta snaradi, “Storm Shadow”ning 29 ta qanotli raketasi va 16 ta HARM radiolokatsiyaga qarshi raketani tutib qolishgan.G‘arb texnikasiga berilgan zarbaRossiya harbiylari Ukrainaga yetkazib berilayotgan G‘arb texnikasi va qurol-yarog‘larining hajmlari va yo‘llarini kuzatishmoqda va ularni aniqlashlari bilan zarba berishapti: “So‘nggi kunlarda Xmelniskiy, Ternopol va Nikolayevda G‘arb qurol-yarog‘larining yirik omborlari yo‘q qilindi, Kiyevda Amerikaning “Patriot” zenit raketa kompleksi yakson qilindi”.“Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlash jangovar harakatlarni cho‘zadi xolos, biroq maxsus harbiy operatsiya natijasiga ta’sir ko‘rsata olmaydi”.Ukraina uyushtirayotgan teraktlar“NATO qurol-aslahasidan foydalanib, Kiyev hukumati ijtimoiy obyektlarga zarba berishda davom etmoqda, osuda Rossiya fuqarolariga qarshi terakt uyushtirmoqda. Qurolli kuchlarimiz ukrain jangarilari harakatlariga keskinlik bilan javob qaytarmoqda”.Gap 22-may kuni Belgorod viloyatiga ukrain qo‘poruvchi guruhining hujumi hamda 30-may kuni Moskva va Moskva viloyatidagi fuqaroviy obyektlariga uyushtirilgan dronlar hujumi haqida bormoqda.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34380118_218:0:2707:1867_1920x0_80_0_0_745404f0ebfe3c1fcf2478865b4ab196.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kiyev yo‘qotishlari g‘arb qurol-yarog‘lari ukraina rossiya sergey shoygu
kiyev yo‘qotishlari g‘arb qurol-yarog‘lari ukraina rossiya sergey shoygu
Kiyev yo‘qotishlari va yakson qilingan G‘arb qurol-yarog‘lari: Shoyguning asosiy bayonotlari
May oyida Ukraina 16 mingdan ziyod kishisini yo‘qotdi. Bundan tashqari, 400 tadan ziyod tank va boshqa zirhli jangovar mashina va 238 ta artilleriya quroli va minomotdan mahrum bo‘ldi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Ukrainaga G‘arb qurol-yarog‘larining yetkazib berilishi faqat jangovar xatti-harakatlarni cho‘zadi, biroq maxsus harbiy operatsiya natijalariga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari Sergey Shoygu selektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
May oyida Kiyev 16 mingdan ziyod kishi, 400 tadan ziyod tank va boshqa zirhli jangovar mashina va 238 ta artilleriya quroli va minomotni yo‘qotdi.
Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina aviatsiya yo‘qotishlari keskin oshgan: aprel oyida 8 ta samolyot va 277 ta uchuvchisiz uchar qurilma urib tushirilgan bo‘lsa, may oyida esa Rossiya armiyasi dushmanning 16 ta samolyoti va 5 ta vertoloti hamda 466 ta uchuvchisiz uchar qurilmasini yo‘q qilgan.
Bundan tashqari, Rossiya harbiylari HIMARS zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizimining 196 ta snaradi, “Storm Shadow”ning 29 ta qanotli raketasi va 16 ta HARM radiolokatsiyaga qarshi raketani tutib qolishgan.
G‘arb texnikasiga berilgan zarba
Rossiya harbiylari Ukrainaga yetkazib berilayotgan G‘arb texnikasi va qurol-yarog‘larining hajmlari va yo‘llarini kuzatishmoqda va ularni aniqlashlari bilan zarba berishapti: “So‘nggi kunlarda Xmelniskiy, Ternopol va Nikolayevda G‘arb qurol-yarog‘larining yirik omborlari yo‘q qilindi, Kiyevda Amerikaning “Patriot” zenit raketa kompleksi yakson qilindi”.
“Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlash jangovar harakatlarni cho‘zadi xolos, biroq maxsus harbiy operatsiya natijasiga ta’sir ko‘rsata olmaydi”.
Ukraina uyushtirayotgan teraktlar
“NATO qurol-aslahasidan foydalanib, Kiyev hukumati ijtimoiy obyektlarga zarba berishda davom etmoqda, osuda Rossiya fuqarolariga qarshi terakt uyushtirmoqda. Qurolli kuchlarimiz ukrain jangarilari harakatlariga keskinlik bilan javob qaytarmoqda”.
Gap 22-may kuni Belgorod viloyatiga ukrain qo‘poruvchi guruhining hujumi hamda 30-may kuni Moskva va Moskva viloyatidagi fuqaroviy obyektlariga uyushtirilgan dronlar hujumi haqida bormoqda.